Bepul shaxsiy sertifikat
Ko'p holatda smartfonlar o'yin yoki dastur o'rnatyotganda sertifikat talab qiladi. Buning uchun nima qilish kerak? Javob aniq SERTIFIKAT kerak. Men sizga shaxsiy sertifikatni maslahat beraman. Chunki bu ancha ishonchli va isbotlangan.

Demak shaxsiy sertifikat topish kerak. Xozirda bepul tayyorlab beradigan servis saytlar orasida allnokia.ru ancha oldingi qatorda turadi. Men ham shu saytni tavsiya qilaman. Telfonizdan *#06# ni tering, IMEIni aniqlang (etibor bering, IMEI 15 ta raqamdan iborat bo'ladi) va ko'rsatilgan joyga yozib buyurtma bering.

Ushbu manzilda shaxsiy sertifikatga buyurtma berishingiz mumkin.
Buyurtma qabul qilingan bo'lsa 12 yoki 24 soatda shaxsiy sertifikatingiz tayyor bo'ladi.
Sertifikatni olish uchun buyurtma beriladigan kataklarga yana telfoniz IMEIsini terasiz. Qarabsizki sizning shaxsiy sertifikatingiz tayyor.

Endi shaxsiy sertifikatni o'rnatamiz. Buning uchun bizga Free Singer kerak bo'ladi!(Maqola so'ngida Free Singer 1.01 versiyasi joylangan)

Free Signerni o'rnatganizdan keyin unga kirasiz. "Функция"dan "Параметры"ni tanlaysiz.
"Self Sign Cert" "Self Sign Key", "Self Sign Key Pass"ni o'zgartirmaysiz.
"Sign Cert" tanlaysiz. Bu yerga shaxsiy sertifikatizdagi cert formatidagi textni joylaysiz.
"Self Sign Key" tanlaysiz. Bu yerga shaxsiy sertifikatizdagi key formatidagi textni joylaysiz.
"Self Sign Key Pass" ni o'zgartirmaysiz.
"Сохранить файл в"ni "В ручную"ga o'zgartirasiz.
"Сохранить файл выборь"ni tegmaysiz. Chunki, o'zi avtomatik "c/Data/FreeSigner/"ga sozlangan.
"Сохранить прошлый пут"ga "Запретить" qilasiz.
Bo'ldi, hammasi tayyor.

"Назад"ga bosib Menyuga qaytasiz hamda "Добавит задачу"ga bosib sertifikat so'ragan faylni topasiz. Fayl ustiga kelib "Функция", "Добавить"ga bosib "Sign Sis"ga OK bosasiz. So'ngra yana "Функция", "Начать"ni tanlaysiz.

Endi c/Data/FreeSinger kirasiz. Qarabsizki fayl shaxsiy sertifikatdan o'tib sisx holatiga kelgan.
Falon pulga sertifikat sotib olmasdan. Ko'rsatilgan amallarni bajaring. Bu juda ham oson.
Agar muammolar yuzaga kelsa forumda yozib qoldiring. Qo'ldan kelgancha hal qilamiz.
Barcha sayt foydalanuvchilariga va mehmonlariga omad tilayman.
. Free Signer 1.01.sis 43 kb
. Free Signer 1.01.zip 43 kb

Xurmat ila Mirolim Mahmudov.
Maqola to'la muallifga tegishli. Maqolaga o'zgartirishlar kiritilgan.