Rezyumedagi keraksiz 20ta ma'lumot
Biz rezyume yozayotganda yo'l qo'yiladigan keng tarqalgan 20 ta xatoni bir erga jamladik. Masalan, ish beruvchi uchun sizning 15 yil avval qaerlarda ishlaganingizning yoki sizning bugungi kundagi bir qancha elektron manzillaringiz qanday ekanligining qizig'i yo'q. Shuningdek, ish beruvchi uchun siz bilgan dizaynda to'ldirilgan rezyumening umuman keragi yo'q. Shunga o'xshash xatolar haqida quydagi maqola orqali bilib olmiz.

Ma'lumki, odamlar uchrashganda bir-birlarida qoladigan ijobiy fikr juda ham muhim. Insonlar bilan uchrashgandagi qoladigan ilk taassurot uchun bizlarda yana imkoniyat bo'lmasiligi aniq. Bu nafaqat insonlar bilan uchrashganda, balki ishga qabul qilinish uchun ham muhimdir. Ish beruvchida ijobiy yoki salbiy taassurotni qoldiradigan sizning rezyumingizdir.

Keling, sizning rezyumingizda hech kim ko'rishni xohlamaydigan 20 ta ma'lumot bilan tanishib chiqsak.

1. Hayotingiz tarixi: Yilma-yil qayd etilgan faoliyatingiz tarixi ish beruvchi uchun o'ta muhim bo'lgan ma'lumot emas. Sizning maqsadingiz — rezyumeda siz joylashmoqchi bo'lgan korxonadagi lavozimga mos ma'lumotni yozishdir.

2. O'ta qiyin va noaniq rezyume: Hujjat oson o'qilishi uchun aniq va lo'nda ma'lumotlar bilan yozilgan bo'lishi lozim.

3. Suratingiz: Agar rezyumeni suratingiz bilan yuborishingiz so'ralmagan bo'lsa, shunday qilganingiz ma'qul.

4. Hujjatdagi g'aliz jumlalar: Masalan, “Kasbiy o'sish mumkin bo'lgan qiziqarli ish qidiryapman”. Bu kabi jumlani deyarli har bir ish izlovchi o'z rezyumesida keltirib o'tadi. Ish beruvchi tashkilotning bo'sh ish o'rinlari ro'yxatida siz xohlagan lavozim haqidagi kerakli ta'rifni yana bir bor o'qib chiqing va qanday ma'lumot bera olishingiz mumkinligiga diqqatingizni qarating.

5. Shaxsiy tafsilot: Agar siz sport jurnalistliligiga hujjatlaringizni topshirmagan bo'lsangiz rezyumeda sportdagi faoliyatingizni yozishingiz shart emas. Siyosiy va diniy bilimlaringiz haqidagi ma'lumotlar ham shular jumlasidandir. Ko'pchilik muhim bo'lmagan bu kabi ma'lumotarni majburan yozadilar.

6. Hammaning qo'lidan keladigan qobiliyatlar: “Exelda ishlay olaman”. Chindanmi? Qoyil! Bugungi kunda bu kabi qobiliyatlarga barcha zamonaviy insonlar qodir. Agar Exel bilan bog'liq qandaydir yangilik ihtiro qilgan bo'lsangiz bu qiziq, ammo Exelda jadval tuzishni yoki formula qo'yish kabi qobiliyatni nazarda tutib, ta'kidlab o'tishning hojati yo'q.

7. Shunchaki qatorni ochiq qoldirish: Agar siz bir yil oldin ishdan bo'shab, erkin ijodkor sifatida ishlayotgan bo'lsangiz ham rezyumeda bir yillik muddatni ochiq qoldirgandan ko'ra, hujjatga ijodkorlik faoliyatingizni qo'shganingiz ma'qul. Agar o'sha ijodkorlik bilan shug'ullanish davomida orttirgan ko'nikmalaringiz siz ishga joylashish istagida bo'lgan korxona faoliyatiga mos kelsa, bu haqida qayd etishingiz, siz to'g'ringizda ijobiy fikr tug'ilishiga sabab bo'ladi.

8. Chiroyli shrift va rezyumening kreotiv tuzilishi: Bu kabi to'ldirilgan rezyumeni o'qib chiqishdan ko'ra tashlab yuborishadi. Bu - haqiqat! Yozayotganda rezyume o'qilishi oson va sodda bo'lishiga e'tibor qaratilishi lozim.

9. Ijtimoiy tarmoqdagi oynangiz haqida ma'lumot: Facebook, Twitter, LinkedIn va VKontakte kabi ijtimoiy tarmoqlardagi oyningiz ishga tezroq joylashishda sizga yaqindan ko'mak beradi. Sizni suhbatga chaqirishidan avval ijtimoiy tarmoqdagi oynangiz ko'rsatilgan rezyume ish beruvchining qo'ligi tushsa, siz haqingizda o'sha oyningiz orqali kerakli ma'lumotga ega bo'lib oladi.

10. Birinchi shaxs nomidan yozilgan rezyume: Rezyumeni birinchi shaxs nomidan to'ldirishga urinmang. Uchinchi shaxs nomidan yozganingiz maqsadga muvofiq bo'ladi. Masalan: “Lavozimini egalladi”, “Bo'limni boshqardi”, “...ga bog'liq masalalarni hal etdi” kabi.

11. Sobiq ish joyingizdagi majburiyatlaringiz haqida batafsil yozish: Buning o'rniga siz orqali erishilgan muvaffaqiyatlarga e'tiboringizni qarating. Masalan, korxona uchun daromadni sezilarli darajada oshgani, xarajatning pasaygani yoki ishlab chiqarishning jadallashgani haqida.

12. Muvaffaqiyatingiz haqidagi mujmal ma'lumot: Agar siz nimagadir erishgan bo'lsangiz buni ta'kidlab yozishingiz lozim. Salbiy: “Loyihani o'z vaqtida bajara olmadi”. Ijobiy: “Bo'lim ochilishida muhim rol o'ynadi. Bo'lim faoliyatni boshlagan davrdan boshlab, mijozlar soni uch barobarga ko'tarildi. Doimiy mijozlar soni esa 33 foizga etdi”.

13. Qisqartirilgan ro'yxat: Qisqartmalarga berilib ketmang. Barcha ko'nikmalaringizni to'ldirayotgan rezyumingizda qisqa ro'yxat bilan keltirib o'tish to'g'ri fikr emas. Rezyumeda ta'rif va faktlarga asoslangan eng muhim ma'lumotlar joylashtirilishi maqsadga muvofiq bo'ladi.

14. Yolg'on: Shubhasiz - yolg'on katta xato. Yolg'onning umri qisqadir. U ertami kechmi fosh bo'ladi. Shuning uchun rezyumeda yolg'on ishlatish umuman befoyda.

15. Siz bilan muloqotda bo'lishi uchun elektron manzilingiz kerak: Yangi ish joyingizdagi hamkasblar uchun siz bilan eski korxonangizning elektron manzili orqali muloqotda bo'lish noqulaylik tug'dirishi mumkin. Shuning uchun o'zingizning elektron manzilingiz bo'lgani durust.

16. Siz haqingizdagi fikrlar: Siz haqingizda ma'lumot bera oluvchi ism-shariflari hamda telefon raqamlari mavjud sobiq hamkasblaringiz ro'yxatini tuzing.

17. Universal rezyume: Ish beruvchi marketolog, reklamachi va programmist kabi lavozimlar uchun yozilgan universal rezyumeni xatto qo'liga olishni istamaydi. Har bir kasb ma'lum ko'nikmalarni talab etadi. Shuning uchun erinmasdan mutaxassisligiga qarab rezyume yozilishi lozim.

18. Ilova xati: Ba'zi hollarda rezyumeni xatga ilova qilib yuborish so'raladi. Qolgan boshqa barcha hollarda xatni yozishga urinmang. Xatni hech kim o'qimaydi.

19. Sarlavha yoki kolontitul: Ba'zi menejerlar rezyumelarni maxsus programmalar orqali ko'rib chiqadilar. Programma maxsus sarlavhani o'qiy olmasligi mumkin. Shuning uchun ularni ishlatmagan maqul.

20. Sizning 15 yil avvalgi lavozimingiz: Yashirin qoida — xech qachon ish faoliyatingiz boshlangandan buyon 15 yil avvalgi lavozimingizni qayd etmang.

Ana shunaqa gaplar. Rezyume yozishda o'z hayotiy tajribangiz asosida beradigan maslahatlaringizni kutib qolamiz.

Manba: www.xabardor.uz