Qara bola...
O'zing ajoyib she'rlari ila xalqimizning hurmatini topgan va kuni kecha olamdan bevaqt ketgan Ahad Qayum bugun tirildi. Ha azizlar Ahad tirilib ketdi. Balki go'rda, balki tobutda… Qayerda bo'lishidan qat'iy nazar tirildi. O'liklar gapirmaydi deyishardi ota-bobolarimiz. Endi gapiradigan bo'ldi o'liklar. Hatto she'r ham yozadi endi o'liklar.

Kuni kecha Ozarbayjonlik "folbin" Ziraddin Rzaevdan olgan suhbatimdan bir "parcha"sini saytga joylagandim. Ahadning "o'lgan"iga ishongan muhlislari mani "iymon"dan ajratib ham yuborishdi. Odamlar Ollohning buyurgan farzlarini o'rniga Ollohning ishlariga ham aralashishmoqda endi. Iymonim but yohud iymonsiz ekanimni Olloh emas bandalar hal qilishmoqda Ahadning dastidan. Bugunga kelib Ziraddinning bashorati to'g'ri chiqib turibdi! Zero haqlimizda bir ajoyib naql bor: - Folga ishonma! Folsiz yurma!!!

Shu o'rinda vodiy tomonlarda bo'lib o'tgan bir voqealikni yozmasam bo'lmaydi. Odam o'tgandan so'ng kechiktirmay qabrga olib borib qo'yiladi. Tiriklar tomonidan barcha amallar bajarilib hamma uy-uyiga tarqaydi. Eng so'nggi ziyoratchi qabrdan 7 qadam uzoqlashgandan so'ng qabrda so'roq-savol boshladi. Buni hamma biladi!

Ikki ichib olgandan alkash do'stlar qabriston oldidan o'tib ketayotib hozirgina aytgan gaplarim qanchalik to'g'riligini bilishga urinishadi. Biri yangi kovlangan qabrning ichiga yotadi. Ikkinchisi esa qabrdan ko'z uzmay uzoqlashishni boshlaydi. 1, 2, 3, 4, 5, 6, … 7 albatta. Ikkinchi alkashning ko'z o'ngida qabr yonib ketadi. Murodiga yetti albatta! Ana sizga Allohning qudrati!

Bu voqealikni nimaga yozdim. Ahad o'lishni istabsan, o'lasan albatta. Hech kim bu dunyoda ustun bo'lmagay. Navoiy o'ldi, Bobur o'ldi, Muhammad Yusuf o'ldi olam joyidan jilmadi. Bularning oldida san kim bo'lib qolibsan? Ulug' oyda shu "piar"ing sabab Allohning nafratiga uchrading. Ko'p o'tmay xalqning nafratiga ham uchraysan. Ohiratda qayerda bo'lasan ekan? Shunisiga qiziqyapman!

Qilayotgan qilig'ingni qara. Qayoqdagi "mishqi"lar bilan "piar" qilasanmi-yeee! Shu sani obroyingga to'g'ri keladimi? She'rlaringni Ozodbek kuylayapti, xalq tinglayapti! Sanchi? Sherali Jo'reyevning yangi qo'shig'idagi so'zlar sanga atalgandek go'yo: - Qara bola kimlar bilan borayapsan?

Sani hurmat qilardim. Xalq ham shunday. Shu piaringni dastidan mani sanga bo'lgan hurmatim butkul to'kilib bo'ldi! Xalqniki turibdimikin?

Sardor Kamilov yozganlarini saytiga qo'ymapti. Yuz-hotir qilibdi. Man unday emasman. Ichimdagini odamning betiga to'kib solaman.

Ziraddin Rzaev bilan suhbatlashganimda Ahad Qayum haqida bir "fol" aytdi. Folga umuman ishonmaganim sababli bu narsani ichimda olib qolishga qaror qildim!

Ko'ring endi mashhurlikka shoshganini,
O'lik she'rlar bosar endi Toshkanini!

Ilhom Do'st Muhammad