Opera Mini 6
Opera Mini 6 – mobil telefonlarda qulay internet!

Hozirgi kunda internet hayotimizning hamma jabhalariga kirib bormoqda. Mobil telefonlar esa allaqachon oddiygina telefon emas, juda ko’p imkoniyatlarga ega jihozga aylangan. Mobil telefon va internet uyg’unligini to’laqonli ko’rsatib beradigan dastur esa bu – qulay mobil veb-brauzerdir. Bugun men maqolamda mobil telefonda internetdan qulay foydalanish imkoniyatini beradigan veb brauzer – Opera Mini 6 haqida so’z yuritmoqchiman.
Opera Software kompaniyasi yaqinda o’zining mobil telefonlar uchun veb brauzeri – Opera Mini 6.1 ni taqdim qildi. Bu mobil telefonda internetdan foydalanuvchilar uchun haqiqiy sovg’a bo’ldi desam adashmayman, chunki Opera Mini 6 orqali mobil telefondan internetga ulanish va oddiy kompyuterda internetga ulanish orasida deyarli farq qolmadi.

Opera Mini 6 veb brauzeri J2ME (Java) texnologiyasi mavjud bo’lgan mobil telefonlarda ishlaydi. Hozirgi kunga kelib deyarli hamma internetga chiqish imkoniyati bo’lgan telefonlarda bu texnologiya mavjud. Shuning uchun telefoningizda internetga ulanish imkoniyati bo’lsa, demak, siz Opera Mini 6 dan foydalana olasiz.

Opera Mini 6 oddiy mobil telefon veb brauzeridan o’zining tezligi, qulayligi va sozlash imkoniyatlari kengligi bilan ajralib turadi.

Opera Mini 6 internetdan ma’lumotni sizga yetkazib berishda muayyan texnologiyalar orqali bu ma’lumotlarni siqib, internet trafikingizni tejaydi. Bu jihatdan unga teng keladigan brauzer yo’q. Sodda qilib tushuntiradigan bo’lsam, mazkur texnologiya sizning pulingizni tejaydi. Misol uchun odatiy vaziyatni tushuntirib beraman.

Telefoningiz orqali www.mail.ru saytiga ulanib, elektron pochtangizni tekshirmoqchisiz. Oddiy mobil telefon brauzerida bu saytga kirishingiz uchun kamida 200 kb trafik ketadi, pochtangizni tekshirish va xatlarni o’qish uchun esa yana 800 kb trafik ketadi, umumiy olganda, 1 mb trafik uchun O’zbekistonda 4 sent to’laysiz.
Opera Mini 6 orqali bu saytga kirish uchun o’rtacha 60 kb, pochtangizni tekshirish va xatlarni o’qish uchun esa yana 200 kb trafik ketadi, umumiy hisobda 260 kb uchun siz 1 sent to’laysiz. Bitta saytning o’zida pulingizni to’rt barobar tejash mumkin.
Yana bir variant – Opera Minida internetdagi suratlarni ochishni taqiqlab qo’yish imkoniyati bor. Agar bu sozlashni amalga oshirib, internetga ulansangiz, www.mail.ru dagi pochtangizni ochish uchun ko’pi bilan 0.0032 sent pulingiz ketishi mumkin. O’n barobar tejamkorlik! Bu variant, ayniqsa, mobil internetda ko’p foydaladigan, lekin pulini ham tejashni xohlaydigan foydalanuvchilar uchun qo’l keladi.

Opera Mini 6 – ning yana bir juhatni ham aytib o’tsam. Hozirda yurtimizda ham wap saytlarni soni oshmoqda. Wap saytlarni tez ochish usuli ham aynan Opera Mini 6 orqali amalga oshiriladi. O’zbekistonning mashur wap saytlari wap.uff.uz, m.fk.uz, oqayiq.uzlarga telefoningiz brauzeridan kirsangiz birmuncha ko’p trafik ketadi. Opera Mini 6 dan kirsangiz wap.uff.uzga 6 kb, m.fk.uzga 7 kb va oqayiq.uzga 5 kb trafik ketadi. Bu albatta sensatsiyaning o'zginasi.

Maqola qisqa bo’lishi uchun men bu dasturning bizga foyda keltirishi mumkin bo’lgan jihatlarini sanab o’tdim, xolos. Dasturning qolgan ajoyib imkoniyatlarini, undan foydalanish davomida bilib olasiz degan umiddaman. Opera Mini 6 dasturiini quyidagi usullarda telefoningizga o’rnatish mumkin:

1. Mobil telefon orqali internetdan to’g'ridan-to’g'ri telefoningizga o’rnatmoqchi bo’lsangiz – telefoningizning veb brauzeridan Oqayiq.Uz saytiga kiring va o’rnating.
Quyidagi usullar Nokia mobil telefonlarni egalari uchun:
2. Agar telefoningizda Ovi Store mavjud bo’lsa, unda Ovi Store ga kirib, “Opera Mini” deb qidiruv berasiz va qidiruv natijalari orasidan Opera Mini 6 ni topib, telefoningizga o’rnatasiz.
3. Agar kompyuteringizda Nokia PC Suite mavjud bo’lsa, unda mazkur ushbu manzilga kirib, Opera Mini 6 ni saqlab oling va PC Suite orqali telefoningizga o’rnating.

Maqola geek.uz saytidan olingan, hamda maqolaga qo'shimchalar kiritilgan!