Nonushtamiz qanday bo'lishi kerak?
Birinchidan, nonushta vaznga ta'sir ko'rsatmaydi
Ko'pchilik shunday o'ylasada, aslida nonushta tana vazniga to'g'ridan-to'g'ri ta'sir ko'rsatmaydi. “American Journal of Clinical Nutrition” jurnalida yozilishicha, ertalab yaxshi nonushta qiluvchi va ovqatlanmaydigan insonlarning ko'rsatkichlarini solishtirish maqsadida tadqiqot o'tkazilgan. Tadqiqotda 20 yoshdan 65 yoshgacha bo'lgan 300 nafar ko'ngilli ikki guruhga bo'linib, ishtirok etishgan. Birinchi guruh ishtirokchilari odatdagiday ovqatlanishgan bo'lishsa, ikkinchi guruh vakillari esa belgilangan muddat mobaynida ertalabki ovqatlanishdan voz kechishdi. Ishtirokchilarning vazni doimiy ravishda o'lchab boriladi. Natijada ertalabki ovqatlanishning vaznga aloqasi yo'qligi aniqlangan.

Ikkinchidan, nonushta quruq bo'lmasligi lozim
Aslida, ertalabki shirinliklardan voz kechish lozim bo'lsada, donli nonushtalar salomatlikni mustahkamlashga xizmat qiladi. Tegirmonda tortilgan donli undan qilingan mahsulotlar xolesterin darajasini tushiradi, me'da faoliyatini yaxshilaydi, shuningdek, vaznni ushlab turishga yordam beradi. Suli va arpa aralashmasi me'da faoliyatida muammosi bo'lgan, xolesterin darajasini tushirishni istovchilar uchun ayni muddaodir.

Uchinchidan, faol hayot tarziga ega odamlar to'yimli nonushta qilishi kerak
Buyuk Britaniyanig Bat universiteti tomonidan o'tkazilgan tadqiqot natijalariga ko'ra, ertalab to'q tutadigan nonushta qabul qilganlarning energiya sarfi hech narsa iste'mol qilmaganlarnikidan kam bo'lgan.

To'rtinchidan, nonushta kun davomida kamroq ovqatlanishni ta'minlaydi
Nonushta kaloriya sarfini kamaytirishga yordam bermasligi aniq, biroq miyaga zarur ozuqalarni etkazib beradi, qondagi glyukoza miqdorini kun davomida saqlaydi. Missuri universiteti olimlari ishida aniqlanishicha, ko'p miqdorda oqsil saqlovchi moddalar to'qlik hissini paydo qiladi, biroq birozdan keyin organizm yana qo'shimcha ovqat so'ray boshlaydi.

Beshinchidan, nonushta — eng asosiy ovqat emas
Nonushta kunlik ovqatlanish vaqtidan biri. Organizm o'ziga kerakli kaloriyani necha marta bo'lib olganining ahamiyati yo'q. Nonushta shunchaki organizmga zaxirada zarur oziq moddalarini olish imkonini beradi. Eng muhimi qabul qilinayotgan ovqatlar qaysi vaqtda bo'lishidan qat'i nazar salomatlik yo'lida xizmat qilishi kerak.

Manba: www.xabardor.uz