Muvaffaqiyatga erishay desangiz
Bugungi kun odamidan muvaffaqiyatga erishish uchun yuqori samaradorlik talab qilinadi. Aslida har qanday kishi samaradorlikka erishishi mumkin. Biroq inson o'ziga o'zi halaqit beradi. Xo'sh, qanday qilib? Maqolani o'qing va o'zingizga mos jihatlarini toping!

Atrofingizdagilar hamma ishga ulguradi, siz esa bundan mustasno. Tanish holatmi? Bir qarashda bezarar, ammo sekin-asta sizning omilkorligingizni pasaytiruvchi odatlar – buning asosiy sababchisidir. Hayotingizning har daqiqasini oqilona sarflab, hamma narsaga ulgurishni istaysizmi? Unda mana bu ro'yxatga bir nazar tashlang. Bu ro'yxatda samaradorlikni oshirishingiz uchun qilishingiz kerak bo'lmagan ishlar mavjud.

1. Hamma narsa bilan bir vaqtda shug'ullanish
Atrofingizda vaqtingizni oladiganlar bor, biroq kim aytibdi ularga e'tibor qarating deb? Agar sizga qo'ng'iroq qilishsa, xabar jo'natishsa yoki eshigingizni taqqilatishsa qilayotgan ishingizni shu ondayoq tashlash kerak emas. Ishingiz bilan bog'liq bo'lmagan narsalar uchun tanaffus ajratilgan.

2. Maqsadsiz bo'lish
Orzularingizni aniq rejalashtirilgan vazifalarga aylantiring. Agar shunday qilmasangiz, ular shunchaki orzu-havas bo'lib qolib ketaveradi. Vaqt o'tgach, ularni afsus bilan eslaysiz, xolos.

3. Juda ko'p maqsadga ega bo'lish
Bir tomondan qurbingiz etadiganga qaraganda ko'proq narsani rejalashtirish yaxshi emas. Baribir har bitta vazifaga e'tibor ajrata olmaysiz, shunda ularning amalga oshmay qolishi xavfi tug'iladi. Umuman olganda bizga son emas sifat kerak, shunday emasmi?

4. Ishni ortga surish
Ishni qancha ortga sursak, uni bajarish imkoniyati ham shuncha pasayadi. Ishoning, vazifani iloji boricha tez bajarish quvonarli natijaga olib keladi. Uni ortga surish esa, aksincha tushkunlikka sabab bo'ladi.

5. Televizorni haqiqiy hayot bilan almashtirish
Agar serial yoki realiti-shoulardagi qahramonlarning hayoti yaqinlaringiz va do'stlaringiznikidan qiziqroq bo'lsa, buni o'zgartirish vaqti keldi.

6. Muntazam ovqatlanishni unitish
Ha, ba'zida shunday ish ko'payib ketadiki, to'laqonli tushlik u yoqda tursin biror narsa eb olishga ham vaqt topilmaydi. Biroq buyrakusti bezlari buni tushunmaydi. Siz boshqa ishlar foydasiga ovqatdan kechgan vaqtingiz buyrakusti bezlari qolgan quvvatni sarflab charchay boshlaydi. Ertami-kechki bu yomon oqibat bilan tugaydi.

7. Xarajatlarni nazorat qilmaslik
Kimning iqtisodiy hayoti betartib bo'lsa, unda odatiy hayot kechirish imkoniyatlari juda past bo'ladi. Shunday ekan, daromad va xarajatlarni nazorat qilishga sog'lig'ingizga qaraganday e'tibor bering.

8. Boshqalarning muammolariga vaqt sarflash
Hayotingizni to'liq nazorat qiluvchi yagona inson – bu sizning o'zingizdir. Vaqtingiz – eng qimmatli boyligingizdir. Shuning uchun unga hurmat bilan qarang.

9. Muhim narsalarni yozib olmaslik
Qaydlar yozib borish, qilishimiz kerak bo'lgan vazifalar orasida cho'kib ketishni anglatmaydi. Qaydlar miya uchun nimaga e'tiborni qaratishni ko'rsatib turuvchi ko'makchi hisoblanadi.

10. Kunni tartiblamaslik
Gap soatlab yoziladigan kun tartibi haqida ketayotgani yo'q. Gap tonggi va tungi odatlar haqida bormoqda. Agar ular foydali bo'lsa va muntazam qilinsa kun davomida sizga quvvat bo'ladi.

11. Tanaffuslarsiz mehnat qilish
Tanangiz va aqlingiz hordiqqa muhtoj. Bu muhokamaga hojati yo'q faktdir. Charchoqni his qilishingiz bilanoq tanaffus qiling. Biroz dam olib, diqqatni jamlash, umuman kuchsiz qolishdan yaxshiroq.

12. Ko'p vazifalarni bir vaqtda bajarish
Bir qancha ishlarni bir vaqtda bajarish – yaxshi fikr emas. Chunki bosim kuchli, natijasi ham o'ziga yarasha bo'ladi. Har bir vazifaning o'z vaqti bor. Bu yo'l nafaqat miyani bo'shashtiradi, balki ish davomida va so'nggida xotirjamlik bag'ishlaydi.

13. Uy ishlarini ortga surish
Agar o'zingiz, uy ishlaringiz uchun vaqt qolmasa, bosim bilan ishlashdan nima foyda? Vaqt topib xonadon ishlariga e'tibor qarating: to'lovlar to'langanmi, idish-tovoqlar yuvilganmi, choyshablarchi? Xullas, uyingiz sohibining qanchalar og'ir yashayotganini ko'rsatmasligi lozim. Uyda tartib bo'lsa, ishingiz ham yurishadi.

14. Ortiqcha ishlash
Shuhratparastlik, g'alaba qozonish sizni beto'xtov yangi g'oyalar tomon harakatlantiradimi? Keling, shu safar ishni ortga suramiz. Yaxshilab o'ylab ko'ring, mavjud majburiyatlaringizga baho berib, shu ish uchun kurashishingiz kerakmi yoki yo'qligi to'g'risida o'ylab ko'ring.

15. Komillikka intilish
Ha, o'sha afsonaviy komillik. Hammamiz olamda hech narsa komil bo'la olmasligini bilsakda, doim ideal bo'lishga, hamma narsani kamchiliksiz bajarishga intilamiz. Shuncha foydali ishlar turganda, vaqt saflashning ajoyib usuli.

16. Qaror qabul qilishni rad etish
Murakkab qaror shunchaki murakkab deyilmaydi. Biroq tanlovni siz qilmasangiz, uni sizning o'rningizga qilishadi. Natijasi sizga yoqadimi yoki yo'q hali ayon emas.

17. Keraksiz axborotni olish
Miyadagi tartibsizlik sizni ortga tortadi. Sizni “yagona” qoidasi qutqaradi: yagona elektron pochta, yagona hisob raqami va boshqalar. Kiruvchi axborotlar miqdorini kamaytiring.

18. Sog'liqqa e'tibor bermaslik
Kuchimiz qolmagan paytda shuhratga intilish yoki harakatlarimiz hech qanday ma'no anglatmaydi. Sog'lom ovqat tanovul qiling, sport bilan muntazam shug'ullaning va eng asosiysi – kunlik uyqu rejimini o'rnating.

19. Ishni yarim yo'lda tashlash
Har qanday vazifani bir nechta uncha katta bo'lmagan bosqichlarga bo'ling. Bunday usul hatto, eng mushkul bo'lib tuyulgan ishlarni amalga oshirishda ham qo'l keladi. Temir qoida: ishning oxirgi 10 foiz hamisha 90 foiz kuchni oladi, shunday ekan ishni rejalashtirayotganda shuni nazarda tuting.

20. Xatolarni tan olmaslik
O'z xatosini tan olmaslik yoki uni kimgadir yuklash hech qachon hayotingizni osonlashtirmaydi. Xato – bu dars. Uni o'rganingda oldinga qarab intiling.

Manba: www.xabardor.uz