Murakkab vaziyatlarda asqotuvchi o'nta qoida
Siz ham boshqa mashhur kompaniya xodimlariga o'xshab hayot kechirayotgan bo'lsangiz, ya'ni har tomondan sizga qo'yilayotgan talablar va ularning har birini o'ylashga vaqtingiz mavjud emas. Bu holatda qanday prinsiplar asosida ish ko'rish va ular yordamida to'g'ri qaror qilishni o'rganishimiz lozim.

Mana bu maslahatlar sizga haqiqiy ko'makchiga aylanishi shubhasiz:

1. Hammani, ayniqsa, o'zingizni tekshiring. Agar haqligingizga ishonsangiz, quyidagicha savol bering: “Biror narsani nazardan qochirmayapmanmi?” Agar vazifalarimizning hamma detallarigacha aniqlab olganimizda, haqiqiy hayot boshlanar edi!

2. Mukammallikka mashaqqatli kurash yordamida erishiladi, biroq qoniqish hissi uzoq vaqt davomida saqlanib qoladi. “Ona yo'lbarsning kurashuvchan madhiyasi” kitobining muallifi Emi Chua haq edi: mukammalik tig'izlikni xushlamaydi. Yaxshi o'ylangan amaliyot zarur, qisqa muddatli qoniqishni inkor etib, qulay zonadan zudlik bilan chiqishga harakat qilish zarur.

3. Hislar yuqumli, shunday ekan ularni tekshirish kerak. Hayotingizdagi eng yaxshi rahbarni yodga oling. Uning yonida o'zingizni qanday his etardingiz? Yoningizda hamkasblaringiz o'zini aynan shunday his qilishiga harakat qiling.

4. Ikkilantiruvchi vaziyatlarda o'zingizga savol bering: “Agar maksimum harakat qilganimda qanday yo'l tutardim?”. To'g'ri yo'l qanday ekanligini barchamiz his etamiz, garchi undan qochish istagi uyg'onsa ham. Agar murakkab vaziyatda idel Meningiz qanday yo'l tutishini bilmasangiz, siz haqiqatan ham faxrlanadigan inson qanday yo'l tutishini tasavvur qilib ko'rishga harakat qiling.

5. Sevimli ish bilan shug'ullaning – balki pul ishlab toparsan, balki yo'q, har holda bajarilgan ishga sevinasan. Qalbingiz amriga bo'ysunib, xazinaga erishishingizga ishonmang. Biroq xayotingiz baxtli kechadi. Agar mazkur baxtga pul ilova etilmasa, ularsiz yashash imkonsiz bo'lsa, u holda zaxiradagi rejani ishga solish mumkin.

6. Ehtiyojlaringiz siz o'ylagandek buyuk emas. Butun umr davomida illyuzada yashaymiz, nima qilsang ham kam, qancha ko'p bo'lsa shuncha yaxshi. Bu kafolatlangan afsus uchun ideal reseptdir. Uning o'rniga o'zingizdan so'rang: sizdagi mavjud narsalardan nima hayotingizni bezaydi-yu, qaysinisi sizga suv va havodek zarur?

7. O'zingizni borligingizcha qabul qilishga odatlaning, biroq o'sish va rivojlanishdan to'xtamang. Bu erda masalaning har ikki tomoni muhim: agar o'zingiza tanqid ko'zi bilan qaramasangiz, ko'nglingiz hotirjamlikka erishadi. O'zingizni seving, bu qo'rqinch hissidan xalos etadi, kutilmagan yiqilishlarda havfsizlik yostiqchasi bo'lib xizmat qiladi.

8. Ma'no topilmaydi, unga qadam-baqam, asta-sekinlik bilan erishiladi. Iste'dod va ishtiyoqingiz o'zingizdan boshqa insonlarga naf keltirganidagina ma'noga erishiladi. O'z hissasini qo'shishga harakat qilish har kuni yangidan tug'ilib, butun umr davom etadigan jarayon.

9. E'tibor qilmagan narsangizni o'zgartirish imkonsizdir, sezishni istamagan narsangiz esa o'z-o'zidan yo'q bo'lmaydi. O'z-o'zimizni aldashga bo'lgan qobiliyatimiz cheksiz. Og'riqni kamaytiruvchi bir necha usul mavjud: o'z-o'zini oqlash va odatiy holatga aylantirish, muammoni bartaraf etish, inkor etish, unutish. Biroq haqiqat shundaki, o'zimizni aldamasdan, rostgo'ylik bilan orzuimizdagi inson nomidan haqiqiy javobni izlab topishimiz lozim.

10. Ikkilanyapsizmi – javobgarlikni o'z bo'yningizga oling. Kattalar aynan shunday yo'l tutishadi.

Har bir insonning hayotida u-yoki bu darajadagi murakkab vaziyatlar sodir bo'ladi. Muhimi sinmaslik va hayotni davom ettirish. O'ylaymizki, yuqoridagi maslahatlar yordamida o'zingizda kuch topib, to'g'ri yo'ldan borasiz.

Manba: www.xabardor.uz