Miyani charxlash uchun Stiv Jobsdan olti mashq
Doimiy ravishda aqliy mehnat bilan shug'ullanadigan kishi uchun fikrlash tezligi har doim ham yuqori darajada bo'lavermaydi.

Mashhur Stiv Jobs miyani charxlash uchun o'ziga xos mashqlar bilan shug'ullangan. U o'z biografi Uolter Ayzeksonga meditasiyaning samarasi haqida yozib, uning miya uchun naqadar foydali ekanligini ta'kidlagan.

Ayzekson Stiv Jobs shug'ullangan mashqlar haqida shunday ma'lumot beradi.

1-mashq
Oyoqlaringizni chalishtirib, hech kim xalal bermaydigan tinch joyda o'tiring. Chuqur nafas oling.

2-mashq
Ko'zlaringizni yuming va miyangizda charx urayotgan fikrlarga quloq soling: ish, uy, televizor... Bular miyangizdagi "sarkash ong"ga tegishli bema'ni fikrlar. Ularni to'xtatishga urinmang. Shunchaki ongingiz u fikrdan bu fikrga o'tishini kuzating. Bu mashqni kuniga 5 daqiqadan bir hafta davomida bajaring.

3-mashq
Fikrlar aylanishini to'xtatmagan holda diqqatingizni "irodaviy ong"ga qarating. "Irodaviy ong" hech narsaga baho bermaydi, ma'no izlamaydi, u shunchaki ko'radi, eshitadi va his qiladi. Aksariyat kishilar bu ongning mavjudligini bilishmaydi ham.

4-mashq
O'z "irodaviy ong"ingizni anglay boshlagach, muntazam ravishda "sarkash ong"ni to'xtatishga o'ting.

5-mashq
"Sarkash ong"ni tinchlantirgach, e'tiboringizni "irodaviy ong"ga qarating. Siz havoning badaningizga tegishini his qila boshlaysiz. Tanangizda oqayotgan qonni his qilasiz. Ko'zlaringizni ochganingizda dunyo sizga boshqacha, yangidek ko'rinadi.

6-mashq
Bu holatga erishish uchun vaqt talab qilinadi. Meditasiya jarayoni davomiyligini doimiy ravishda uzaytirib boring.

Doimiy ravishda meditasiya bilan shug'ullanish quyidagi omillarga sababchi bo'ladi:
1. Stress – zo'riqishdan qutulasiz. Og'ir vaziyatlarda ham xavotirga tushmaysiz.
2. Uyqusizlikni unutasiz.
3. Tiniqroq fikrlay boshlaysiz va hayotingizdagi voqealarni to'g'ri baholay olasiz.

Manba: www.xabardor.uz