Meni kechiring
Bolalar uyiga tashlab ketilgan 10 yoshli bolakayning onasiga yozgan maktubi.

Maktub she’r shaklida va rus tilida yozilgan edi. O‘qib ta’sirlanganim uchun tarjima qilishni istadim, lekin qofiyalari joylashmagni uchun uzr so‘rayman. Istasangiz she’rning aslini mana bu manbadan o‘qishingiz mumkin.

Oyi, tug‘ilganim uchun kechiring. Sizga halaqit berganim uchun kechiring. Bunday bo‘lishini xohlamagandim, ortiqcha bo‘lishimni bilmagandim...

Oyi, men sevimli bo‘lmaganim uchun kechiring. Bu qaysidir ma’noda haqiqat, men ilk qadamdan baxtsiz va bu dunyo uchun keraksiz...

Oyi, sizni gunohkor demayman, hech qanday ikkilanmay sizni yaxshi ko‘raman, sizdan hech ham hafa bo‘lmayaman. Oyi, siz bilan uyga ketishni istayman...

Oyi, tug‘ilganim uchun kechiring, sizga halaqit berganim uchun kechiring. Siz bunda aybdor emassiz, Oyi, yashashdan charchadim sizsiz...

Voqea.Uz saytidan olindi.