Jang san'atining eng zo'r o'n namoyondasi
Yodingizda bo'lsa, o'tgan asrning 80 yillarida videosalonlar rosa urf bo'lgan edi. Qorong'u zalda og'zimiz ochilib, Bryus Li, Arnold Shvarsenegger, Jan-Klod van Damm yoki Chak Norrislarning qahramonliklarini tamosha qilar edik. Ko'rganlarimizni o'rtoqlarimiz bilan soatlab muhokama etib, agar real xayotda ushbu sportchilar baxslashadigan bo'lsa kim g'olib chiqishi mumkinligi haqida tortishganlarimiz haligacha esimizda.

Bizning yoshligimiz qahramonlari hozirgi kun qahramonlariga o'hshash qizlardek “xushbichim” va soch turmaklari alohida "imidj"ga ega emas, balki, haqiqiy dovyurak va yengilmas qahramonlar edi.

Turli jang san'atlarini rivoji va tarqalishi uchun hissa qo'shgan insonlar juda ko'p. Biz ushbu maqolamizda yigirmanchi asrda yashab o'tgan va hozirgi kunda ham bizga zamondosh bo'lgan mashhur jang san'ati ustalarini eslab o'tdik.

1. Bryus Li. Kung-fu.
Butun dunyoga ma'lum va mashhur aktyor. Jahonda jang san'atini rivojlanishga va tarqalishiga katta hissa qo'shgan. Kung-fu bilan yoshlikdan shug'ullana boshlagan. Takrorlanmas iqtidor egasi Bryus Li vin-chun yo'nalishini o'zlashtirib, so'ngra o'zi ishlab chiqqan Jit-kun-do jang san'atini targ'ib qilgan. Uning senariylari bilan olingan kinofilmlar haligacha jang san'ati va falsafa uyg'unligi borasida betakror ekanligi bois ekranlardan tushmay kelmoqda

2. Jet Li. Ushu.
Haqiqiy ismi-Li Lyan-Ze. 1963 yilda Xitoyda tug'ilgan. 11 yoshidayoq ko'pkurash bo'yicha mamlakat chempioni bo'lgan. 1979 yilga kelib, Li ushu bo'yicha to'rt karra chempion darajasiga yetadi. 17 yoshidan kinoda suratga tushishni boshlaydi va tezxkorligi sabab, “Jet” ya'ni “reaktiv” laqabini oladi. Hozirgi kunda Jet Li Xitoyning eng mashhur va jang san'atini mukammal egallagan aktyorlaridan biridir.

3. Muhammad Ali. Boks.
Boks afsonasi. Yarimog'ir vaznda ko'p yillar davomida jahon chempionligini saqlab turgan tom ma'nodagi haqiqiy jangchi. Haqiqiy ismi Kassius Kley. 1960 yilda ilk bora ringga chiqqan. 1999 yilda u “Asr sportchisi” nomini olgan edi. Jang oldidan raqiblarga turli gap-so'zlar bilan ruhiy bosim o'tkazishi bilan ham mashhur edi. Chak Vepnerga qarshi o'tkazgan jangi tarixi “Rokki” filmini olinishiga asos bo'lgan. Butun dunyo boks muxlislari uni “ boks tarixidagi eng zo'r sportchi”-deb hisoblaydilar. Darhaqiqat hurmatga sazovor atlet.

4.Buako Por Pramuk. Muay Tay
K-1 MAX musobaqasining ikki bora chempioni. Tailandda tavvallud topgan jangchi 15 yoshidan “Por Pramuk” klubi nomidan baxslarda qatnasha boshlaydi. “Buako” laqabining ma'nosi esa “Oq nilufar”ni anglatadi. U 2011 yilda sakkizta jang o'tkazib barchasida g'alaba qozongan.

5.Fedor Emelyanenko. Aralash yakkakurash (MMA).
1976 yilda Rossiyaning Lugansk shahrida dunyoga kelgan. Aralash yakkakurash (MMA-Mixed Martial Arts) yo'nalishida janglarga chiqadi. MMAning o'z vazni bo'yicha to'rt karra chempioni. Fyodor o'n yil davomida yengilmagan. Bu sportchigacha bunday holat MMA tarixida bo'lmagan edi.

6. Masutasu Oyama. Karate.
Karate jangining o'nta “dan” sohibi bo'lgan eng mohir ustalaridan biri. Masutasu Kyosunkay karate jangi va Kyosunkay tashkiloti (IKO) asoschisidir. Oyama bu tashkilotni to o'limiga qadar (1994 yil) boshqargan. Jang ustasi buqa shoxini kafti bilan urib sindirish darajasidagi zarbasi bilan mashhur bo'lgan.

7. Aleksandr Karelin. Klassik kurash.
Uch bora rum-grek kurashi bo'yicha 130 kilogramm vaznda olimpiya chempionligini qo'lga kiritgan. Uning o'zi yoqtirgan “takror belbog'” uslubi juda ko'p yutuqlariga zamin bo'lgan.

8. Benni Urkides. Kikboksing.
Kikboks bo'yicha Amerika chempioni. Benni 1952 yidi Los-Anjelosda tug'ilgan. 3 yoshidan boks bilan shug'ullanib, besh yoshida birinchi bor ringga chiqqan. O'n to'rt yoshida qora belbog' sohibi edi. 27 yillik sportdagi faoliyati davomida o'tkazgan 66 jangida biror marta ham mag'lubiyatga uchramagan.

9. Uolli Jey. Jiu-jitsu.
Kichik davra uchun mo'ljallangan jiu-jitsu jangi asoschisi. Uolli jiu-jitsi bo'yicha o'nta “dan” sohibi bo'lib, “jang san'atining yuzta obro'li shaxslari” ro'yhatiga kiritilgan. Bryus Lining yaqin do'sti va sparring raqibi bo'lgan.

10. Anatoliy Xarlampiev. Sambo.
Sambo kurashining asoschilaridan biri. Olti yoshidan sirkda gimnast sifatida arenaga chiqa boshlagan Anatoliy o'n olti yoshga kelib kurashchiga aylanadi. Uning murabbiylari bokschi bo'lgan otasi va mushtlashish janglari ustasi sifatida nom qozongan bobosi edi. Fransuz kurashi, ingliz va fransuz boksini mukammal egallagan. Sambo kurashi rivoji uchun katta hissa qo'shgan.

Elmurod ERMATOV
Manba: www.uff.uz