Internet sabab nimalarni yo‘qotdik-2
Ingliz gazetasi Daily Telegraph internet paydo bo‘lguncha va undan keyin nimalar yo‘qolib, ularning o‘rniga nimalar paydo bo‘lgani haqida o‘z fikrlarini bildirdi. Bu haqda o'tgan hafta birinchi qismni yozgan edik, bugun ikkinchi qismini taqdim etmoqdamiz.

Ensiklopediyalar - Katta-katta ensiklopediya kitoblarini varoqlash zarur emas. Internetdagi ensiklopediyalar ularning o‘rnini egalladi va undan izlash ham oson.

Futbol natijalarining yangiliklarini kutish - Barcha televideniyalarning onlayn-translyatsiyasini internetdan topish mumkin. Shu bilan birga natijalar ham soniyasiga yangilanadi, ularni ham internetdan bilib olish qulay.

Qiziqarli horij tili - Onlayn tarjimonlar yordamida boshqa tildagi matnlardan ham qo‘rqmay qo‘ydik.

Shaxsiy hayot yashirinligi - Ijtimoiy tarmoqlarda har bir odam o‘zi haqida ma’lumotlarni kiritgan. Har kun yangiliklari va suratlarini joylaydiganlar ham yo‘q emas.

Qalam va qog‘ozda o‘ynaladigan o‘yinlar - Internetda bularning barini va turli xilini topsa bo‘ladi. Xohlasangiz kompyuter bilan yoki dunyoning narigi chetidagi kishi bilan bahslashing.

Odatiy yangiliklar gazetasi - Internetda onlayn gazetalar ko‘p. Ulardan barcha xabarlarni tezkor va keragicha topish mumkin. Bosma gazeta sig‘may qolgan xabarlarning bari onlayn gazetalarda mavjud.

G‘ayrat - To‘liq matnni qo‘lda yozish hech kimga yoqmaydi. Izlash, o‘qish o‘rganishdan ko‘ra, internetdan tayyor materialni olamiz va Word’da tayyor matnni tayyorlaymiz.

Geografiya - GPS yordamida bir nuqtadan boshqasigacha qancha masofa borligi, qanday borilishi, eng qisqa yo‘lni tanlash mumkin. Shuningdek uni eslab qolish ham shart emas.

Kashf etilmagan iste’dodlar - Kimningir iste’dodi bir paytlar bilinmagan va oradan nechadir yil o‘tib aniqlangan. Hozir esa kimdir nimanidir hayratlanarli darajada qila olsa, videoga oladi YouTube’ga joylaydi. Tonggacha mashhur bo‘lib ketadi.

Uchrashuvdan oldingi xavotir - Nega xavotirlansin, axir internetda ancha gaplashib qo‘yganku. U haqida barcha narsani bilsa, suhbatlashishga mavzu ham aniq.

Nonushta, tushlik va kechki ovqat - Internetda nimanidir o‘qib ovqatlanish sizga ham yoqadimi?

Maqola Voqea.uz saytidan olingan.