Internet sabab nimalarni yo‘qotdik
Ingliz gazetasi Daily Telegraph internet paydo bo‘lguncha va undan keyin nimalar yo‘qolib, ularning o‘rniga nimalar paydo bo‘lgani haqida o‘z fikrlarini bildirdi.

Quyida ularni sizga taqdim etamiz. Ularning orasida bizga zarar keltirgan va aksincha o‘ta foydali bo‘lgan holatlar ham bor.

Samimiy bahs - Internetda odamlarning bir-birini ko‘rmasadan bir-biriga bildirayotgan fikrlari “kurakda turish” darajasidan oshib ketadi.

Butun boshli musiqy albomni to‘liq eshitmay qo‘ydik - To‘g‘ri-da internetdan ko‘chirib olish mumkin bo‘lganda, 12ta qo‘shiqdan tashkil topgan albomni yuklash va ularning barchasini eshitib chiqish nima kerak!?

Qisqa paytning o‘zida hurmatni yo‘qotishsh - Noto‘g‘ri aytilgan so‘z, qilingan biror harakat, qachonlardir tushirilgan surat yoki videoning internetda shunchalik tez tarqalib ketishi bugun tongda hurmatli bo‘lgan kishini tungacha sharmandaga chiqarmoqda.

Aniq vaqtida kelish - Vaqtida uchrashuvga borib nima qilamiz!? Axir internet orqali – “Uzr ozroq kech qolaman”, deb xabar yuborsa bo‘ladi-ku.

Qo‘ng‘iroq orqali ma’lumot olish - Masalan shahringizdagi 3-maktabning manzilini bilmoqchisiz. Google bunda tayyor yordamchi bo‘ladi.

Musiqa albomlari, diskalri sotuvchu do‘konlar - Yangi musiqiy albom uchun bir siqim pul to‘lab, yana uzoqdagi do‘konga ham borib kelish kerak emas. Tekinga internet qaroqchilarining saytidan yuklab olsa bo‘ladi.

Xatni qog‘ozda yozmayapmiz - Hozir ham pochta bor, xuddi bir paytlarnikidek. Lekin qog‘ozda xat yozib jo‘natmaymiz. Chunki tezkor va arzon elektron pochta bor.

Yaxshi xotira - Tarix fanining bir qancha varoqli kitoblarini. Kerakli sanalarni. Bo‘lib o‘tgan qiziqarli voqealarni va boshqa bir qancha narsalarni eslab qolishimiz kerak emas. Hammasi internetda bor, yaxshi xotiraga muxtoj emasmiz.

Bo‘sh vaqt - Bo‘sh vaqt tushunchasi vaqtni internetda o‘tkazish bilan barobar bo‘lib qoldi. Boshqa yana nimaga sarflash mumkin? Oynaga qarashgami?

Fotoalbomlar yo‘q - Ijtimoiy tarmoqlar qo‘lda ushlasa bo‘ladigan fotoalbomlarni internetdagisiga ko‘chirib ulgurdi.

Hali yana davomi bor! Bizni kuzatishda davom eting...

Maqola Voqea.uz saytidan olingan.