Internet haqidagi bashoratlar
80- va 90-yillar oxirlarida G'arb ommaviy axborot vositalarida yangi texnologiyalarga ishonch bildirilmagan maqolalar tez-tez chop etilib turilgan. Hozirgi kunda ularda bildirilgan kompyuter va internetga oid ayrim fikrlar o'rinsizdek tuyuladi.

Noutbuklarning hech kimga keragi yo'q
ERIK SANDBERG-DIMENT, THE NEW YORK TIMES, 1985 yil
“Noutbuklarning ommalashmasligiga sabab shuki, odamlar ulardan marketologlar kutayotganchalik foydalanishmaydi. Umuman olganda, hech kim kompyuterni o'zi bilan plyajda yoki poezdda olib yurishni xohlamaydi. Ular vaqt o'tkazish uchun gazetadagi biznes yoki sportga oid xabarlarni o'qishni ma'qul ko'rishadi. Mikrokompyuter sanoati esa negadir hamma kompyuterga yopishib oladi, deb o'ylaydi. Lekin unday emas.
Ha, to'g'ri, uyida o'tirib kompyuterda ishlashni istaydigan kishilar ko'p. Lekin ular ishxonasidagi kompyuterini uyiga ko'tarib kelishni istasharmikin? Undan ko'ra uyga bir nechta disket ko'tarib ketgan ma'qulroq”.

Internet befoyda, chunki u tobelikni keltirib chiqaradi
NIKO MAKDONALD, EYE MAGAZINE, 1995 yil
“Shunisi aniqki, internet kelajakda etarlicha foydalanuvchilarga ega bo'lmaydi, chunki uning aniq tuzilmasi yo'q. Onlaynga joylashtiriladigan aksariyat narsalar – bildiruvlar, yangiliklar, birja kotirovkalarining ishlab chiqarish qiymati bo'lib, ular faqat iste'molchining bevosita pul to'lovi bilan amalga oshadi. Ikkinchidan, barcha dasturiy ta'minotlar yaxshilanishiga qaramasdan, internetdan keng iste'mol texnologiyalari, masalan, televidenie yoki videomagnitofonlarchalik foydalanib bo'lmaydi.
Internetning aksariyat yangi foydalanuvchilari unga tobe bo'lib qolishadi, ular internet aloqasi uchun pul to'lashayotganini va hattoki real hayotdagi burchlarini ham unutib qo'yishadi. Bu esa texnologiyaning nomukammal ekanligidan darak beradi”.

Internet tarix haqida muhokama yuritadigan maktab o'quvchilari tufayli befoydadir
KLIFFORD STOLL, NEWSWEEK, 1995 yil
“Internet tarafdorlari ushbu tarmoqning ko'plab tahrir qilinmagan ma'lumotlar ummoni ekanligini sizga hech qachon aytishmaydi. Muharrirlar, tahlilchilar va tanqidchilarning yo'qligi bois internet saralanmagan axborotlar axlatxonasiga aylanib qolgan. Siz nimani o'qimaslik, nimani esa o'qish kerakligini anglay olmaysiz. Butunjahon tarmog'iga kirib, Trafalgar jangi haqida ma'lumot qidiraman. Yuzlab fayllar chiqadi, ularni ochishga 15 daqiqa vaqtim ketadi, ulardan biri sakkizinchi sinf o'quvchisi tomonidan yozilgan tarjimai hol bo'lib chiqadi, ikkinchisi kompyuter o'yini bo'ladi, uchinchisi esa Londondagi haykal surati bo'ladi. Ularning hech biri mening savolimga javob bo'lmaydi va men qidiruvdan charchayman.
Bundan tashqari, kiberbiznes ham bor. Bizga kataloglar orqali bir zumda xaridni amalga oshirishimiz mumkinligini va'da qilishadi. Biz tarmoq orqali aviachiptalarga buyurtma beramiz, restoranlarni bron qilamiz, oldi-sotdi shartnomalarini muhokama qilamiz. Nima uchun uyim yaqinidagi savdo markazi bir kunda internetdagi bir oylik savdodan ko'ra ko'proq pul topadi? Agarda internetda ishonchli to'lov xizmati bo'lganida ham (bunday xizmat esa yo'q), tarmoqqa kapitalizmning eng zarur omili – sotuvchilar etishmaydi.
Internetdagi birorta ham ma'lumotlar bazasi gazetaning o'rnini bosa olmaydi, birorta ham CD-ROM o'qituvchilik qila olmaydi va birorta ham kompyuter tarmog'i hukumatchalik ishlay olmaydi”.

Internet — bu vaqtinchalik urf
ROBERT METKAF, ETHERNET IXTIROChISI, INFOWORLD, 1995 YIL
“1996 yil bilan bog'liq bashoratlarning deyarli barchasi internetning o'sishi bilan bog'liq. Lekin men dadil aytishim mumkinki, internet tez orada xuddi yangi chiqqan yulduzdek tus oladi va 1996 yilda inqirozga uchraydi”.

Manba: www.xabardor.uz