Iloji bo'lsaydi...
Farzandimni boshqatdan ulg'aytirishning iloji bo'lsaydi:

Unga ko'rsatkich barmog'imni ko'tarib taqiqlar qo'yish o'rniga, barmoqlariga mo'yqalam tutib, rasm chizishni o'rgatardim;

Xatolarini tinmay yuziga solish o'rniga, u bilan yaqinroq bo'lishga urinardim;

O'yin soatlarini chegaralamas, quvnab-yayrayotganini zavq bilan kuzatardim;

Unga nisbatan zo'raki jiddiylikni yig'ishtirib, shafqat-liroq bo'lardim;

Qo'lchalaridan tutib kengliklarda yugurar, yulduzlarni tomosha qilardim;

Arzimagan narsaga koyiyvermay, ko'proq quchoqlardim;

Doimiy qo'pol muomalada bo'lmay, unga rag'batlar berar, o'ziga ishonch tuyg'usini rivojlantirardim;

Agar iloji bo'lsaydi...

Manba: “Irfon” taqvimi