Ijtimoiy tarmoqlardan voz kechishga yetti sabab
Facebook o'n yil avval qiziqarli tajriba sifatida ishlatilardi. U butun dunyo bo'ylab kishilarga yaqinlari bilan aloqada bo'lish imkonini bergan. Vkontakte ham shunday yo'nalishda ishlagan bo'lsa, Instagram va Tvitter esa har kungi hayotni suratlar yordamida o'zgalar bilan baham ko'rish imkonini bergan. Bugunchi? Bugun ijtimoiy tarmoqlar yordamchi o'rnidan vaqtni besamar o'tkazish vositasiga aylangan. Quyida ijtimoiy tarmoqlardan voz kechishning yetti jiddiy sababini keltiramiz.

Vaqtni boy berish
O'rtacha foydalanuvchi ijtimoiy tarmoqlarga kuniga 17 daqiqa vaqtini sarflaydi. 10 yilda esa siz bunga 40 kuningizni ketkazishingiz mumkin. Ushbu kunlarni nimaga ko'proq sarflash mumkinligi haqida yana bir bor o'ylab ko'ring.

Sog'liqqa zarar
Tadqiqotlarning ko'rsatishicha, ijtimoiy tarmoqda ko'p vaqt davomida o'tirish foydalanuvchiga jiddiy zarar keltirishi mumkin. Kechqurun bu holat immun tizimiga salbiy ta'sir ko'rsatib, o'sish gormonining chiqishini cheklaydi hamda ko'rish qobiliyatini pasaytiradi.

Shaxsiy hayot
Statistik ma'lumotlarga ko'ra, faqatgina Facebook’ning o'zi AQShdagi 5 ajrimdan bittasiga sabab bo'ladi. Rashk sabab vujudga keladigan mojarolardan tashqari, ijtimoiy tarmoq istalgan kishiga o'z jufti xatti-harakatini kuzatish imkonini beradi. Bu esa aksariyat hollarda salbiy oqibatlarga olib keladi.

Omad haqidagi soxta tushuncha
Ko'pchilik kishilar ijtimoiy tarmoqlarda o'zi haqidagi aniq ma'lumotlarni chop etadi. U esa omadni ko'z-ko'z bilan bog'liq: mashina, sayohat, chiroylik juft. Bunday obrazni yaratish uchun insonlar aldovga ham borishi tayin – boshqa kishining mashinasi bilan foto, soxta juft, kreditga sotib olingan sayohat.

Xavfsizlik
Bir necha oy muqaddam jinoyatchilar Kim Kardashian ayni damda qaerda ekanini instagramdagi tasodif geoteg yordamida aniqlashdi. Android tizimidagi smartfonlar foydalanuvchining qaerda ekanini Guglga yuborishi ko'p hollarda uchrab turibdi. Ular esa yomon niyatdagi kishilar tomonidan osongina qo'lga kiritilishi mumkin. O'z xavfsizligingizni bir necha ortiqcha layklarga alishtirish to'g'rimikan?

Ijtimoiy ko'nikma
Daniyalik olimlarning aniqlashicha, ijtimoiy tarmoqlarga mukkasidan ketish insonning ijtimoiy ko'nikmalariga salbiy ta'sir ko'rsatishi mumkin. Onlayn-servislar hattoki tug'ma aloqa qobiliyatlari ishlashini pasaytirishi ham mumkin.

Ishdan haydalish
Ko'pchilik uchun ijtimoiy tarmoq istalgan shaxsiy ma'lumotni oshkor qilish mumkin bo'lgan joyga aylanib ulgurdi. Kamdan-kam inson rahbari ham o'z yozishmalarini o'qishi va bundan xulosa chiqarishi haqida o'ylaydi. “Do'stlar”ga mo'ljallangan ochiq-sochiq kiyimlardagi roliklar esa ishdan haydalishga ham olib kelishi mumkin. Bunda eng oson yo'l – ijtimoiy tarmoqdan yiroqlashishdir.

Manba: www.terabayt.uz