Uyali telefonlarning tarixi

Dizayner Pol Batt mobil aloqa tarixiga murojaat qilib, eng ko'zga ko'ringan apparatlarlar aks ettirilgan infografikani taqdim etgan.

Uyali telefonlarining o'tmishi avtomobillarga o'rnatilgan aloqa qurilmalariga borib taqaladi. Biz bilgan ko'rinishdagi birinchi uyali telefon apparati esa Motorola kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan DynaTac prototipidir. U 1973 yilda Nyu-York sharhi ko'chalarida ilk bor sinab ko'rilgan. Ammo, uyali telefonning tijorat versiyasi bozorda taklif qilinguniga qadar oradan 10 yil o'tdi. O'sha vaqtdan buyon apparatlar hajmi tobora kichrayib, vazni esa yengillashib bordi. Yangidan-yangi funksiyalari paydo bo'ldi. Umuman olganda, uyali telefonlar insoniyat tarixida eng jadal rivoj topgan va joriy qilingan texnologiya hisoblanadi.

1983. Birinchi uyali telefon apparati - Motorola DynaTac 8000X'ning og'irligi 794 gramm bo'lgan. Uning batareya quvvati yarim soat suhbat va 8 soat avtonom rejim uchungina yetarli bo'lgan. Ekrani - ko'pi bilan 7 ta belgini sig'dira oladigan qizil LeD.

1989. Motorola microtac 9800X manzillar kitobchasi va valyuta konverteriga ham ega bo'lib, og'irligi 349 grammni tashkil qilar edi. So'zlashish vaqti esa 0.75 soatga oshirildi. Ekrani - ko'pi bilan 8 ta belgini sig'dira oladigan qizil LeD.

1993. Nokia 2110 250 tagacha nom va raqamlarni saqlay oladigan xotira bilan ta'minlandi. Og'irligi 236 gramm. Avtonom ishlash vaqti 30 soatga, so'zlashuv vaqti 2.7 soatga oshirildi. Oq-qora LCD ekran va vibratsiya.

1998. Nokia 5110 – ommaviy foydalanilgan dastlabki apparatlardan biri. 30 tagacha ringtonni qo'llab-quvvatlagan. Logic, xotira a iloncha kabi o'yinlari bor edi. Yuza qismini almashtirsa bo'ladigan dastlabki uyali telefon apparati. Og'irligi 170 gramm.

2000. Ericsson T28 kelishi bilab ovoz yordamida raqam terish yoki trubkani ko'tarish mumkin bo'ldi. Og'irligii atigi 83 gramm bo'lib, o'z vaqtining eng yupqa va yengil telefoni hisoblangan. Motorola boshlab bergan "raskladushka" an'anasini qaytadan kiritdi. So'zlashuv vaqti ikki soatga oshirildi.

2001. Nokia 3310 – hammamiz bilgan va yaxshi eslaydigan "g'isht" telefon (og'irligi 133 gramm, so'zlashish vaqti – 4.5 soat). Nokia bu telefondan 126 milliontasini sotishga muvaffaq bo'ldi. Bu ko'rsatkich esa kompaniyaning 1991 va 1998 yillar orasida sotgan boshqa barcha telefonlari miqdoridan 26 millionga ko'pdir. Aksessuarlar bozoriga katta ta'sir ko'rsatdi.

2004. Motorla RAZR V3 – 24 kanalli polifonik ringtonlar va mp3 formatini o'qish imkoniyati. 640x480 pikselli VGA kamera. Uyali telefonlar orasida eng yupqasi (15 mm.). 100 milliondan oshiqrog'i sotilgan. So'zlashish vaqti – 7 soat.

2007. Apple iPhone – birinchi smartfon. Bozorga chiqarilgan dastlabki kunlari (shanba va yakshanba) 700 ming dona sotilgan. 320x480 piksel hajmga ega sensorli ekran, Wi-Fi, Bluetooth va GPS. Og'irligi 135 gramm, so'zlashish vaqti 8 soat.

Maqola Infoteka.Uz saytidan olingan!