Hatiko – haqiqiy do‘st
Hatiko 1923-yil noyabr oyida Yaponiyaning Akita shahrida tug‘ilgan. U tug‘ilgani zahoti professor Xidesaburo Uenoga sovg‘a sifatida topshirilgan. Shu professor uni Hatiko deb nomlagan.

Hatiko “sakkizinchi” degan ma’noni bildiradi. Chunki Hatiko professorning it saqlash ketma-ketligida sakkizinchisi bo‘lgan.

Hatiko juda sodiq bo‘lgan. U har kuni o‘z xo‘jayinini ishga kuzatib qo‘yib, har kuni bir xil vaqtda, bir xil joyda yana xo‘jayinining ishdan qaytishini kutib o‘tirar edi. Hatikoning sodiqligi sababli Akita shahrining barcha itlarini u kabi sodiq do‘st deb atashadi.

1925-yilning mayida professor yurak hurujidan vafot etadi. O‘shanda Hatiko yarim yoshga kirgan edi. Xo‘jayinining vafotidan so‘ng ham Hatiko uni kutishda davom etadi. U xuddi avvalgidek “Sibuya” stansiyasiga kelib kechgacha xo‘jayinini kutar, o‘zi yashagan uy qulflab qo‘yilgani sababli kechalari uyning tomiga chiqib uxlar edi.

Professorning qarindoshlari Hatikoni tashlab qo‘yishmaydi. Lekin, u baribir har kuni o‘z xo‘jayinini kutishda davom etaveradi. Temir yo‘l stansiyasida ishlaydigan ishchilar, sotuvchilarning hammasi bu sodiq it haqida bilshardi.

1932-yil Hatiko butun Yaponiya bo‘ylab mashhurlikka erishadi. U xo‘jayinini 7 yil har kuni bir stansiya, bir xil paytda kutganligi haqida gazetalarda yozishadi. Shundan so‘ng haqiqiy do‘st – Hatikoni ko‘rgani odamlar hamma yerdan “Sibuya” stansiyasiga kela boshlashadi.

Hatiko vafot etgunicha – 9 yil xo‘jayinining qaytishini kutib yashaydi. Uning o‘lgan kuni butun Yaponiyada motam kuni deb e’lon qilinadi.

1934-yil Jahon urushi uchun qurol-aslahalarga metal kerak bo‘ladi va Hatikoning sharafiga o‘rnatilgan haykalni buzishadi. Lekin, haqiqiy do‘stning sodiqligini unutmagan yapon xalqi Jahon urushi tugashi bilan uning nomiga qayta haykal o‘rnatishadi.

Hozirda Hatiko haykali sevishganlar uchun uchrashuv joyi hisoblanadi. Hatiko va uning tarixi esa sevishganlarning bir-birlariga sodiqligi hamda haqiqiy muhabbati ramzi ma’nosini bildiradi.

1987-yil Hatikoning 50 yilligi sharafiga ishlangan film premyerasi bo‘lib o‘tadi. Film itning insonga sodiq do‘stligi haqida so‘zlaydi. Shu yili shu filmning amerikaliklar ishlagan turi ham namoyish etiladi. U millionlab insonlarning qalbini zabt etadi. Hozirda Hatikoni deyarli butun dunyo taniydi.

Maqola voqea.uz saytidan olingan.