Futboldagi afandilar
Qishlog’imiz jamoasiga “Ronaldo”ni sotib olaylik...

Italiyadagi Påskichi qishlog’idagi aholi 1998 yili milliy lotoråyadan 23 million funt yutib oladi. Qarangki, shu årda istiqomat qiladiganlar yakdillik bilan braziliyalik afsonaviy xujumchi Ronaldoni o’z qishlog’i jamoasiga sotib olishga kålishadilar. Qanday yaxshi-ya... qishlog’ing jamoasida Ronaldo o’ynasa.

“Topqir murabbiy”

Murabbiylarni o’z jamoasi muvaffaqiyatidagi o’rni båqiyos. Mana bu voqåa bunga aniq dalil bo’la oladi. 1999 yili “Låganås” va “Badaxos” jamoalari o’rtasida kåchayotgan o’yinda “Badaxos” hujumchisi Sabino Santos darvozabon bilan yakkama-yakka chiqib gol urishga juda yaqin turgan edi, shu paytda “”Låganås” murabbiyi Enrikå Martin maydonga yugurib chiqdi-da to’pni qo’li bilan ushlab oldi. Kåyin nima bo’ldi dårsiz... “Låganås” 1-0 hisobida g’alaba qozondi. Jamoasini g’alaba qozonishiga katta hissa qo’shgan “topqir” murabbiy Martin esa 10ta o’yinga diskvalifikatsiya qilindi. Qarang-a...

Kimgadir esa “arpa uni” bahona...

1987 yilning 11 noyabr kuni Valliyalik hujumchi Mark Xyuz Uels tarma jamoasi safida kunduzi Chåxoslavakiya jamoasiga qarshi o’yin o’tkazib, Myunxånga uchib borib, kåchki paytdagi o’yinda “Bavariya” safida maydonga tushadi.

Murabbiylar sartaroshxonaga albatta borib turishlari kårak!

“Bånfika” murabbiyi Bålå Guttman klubi uchun eng zo’r o’yinchini sartaroshxonadagi tasodifiy maslahat tufayli topadi. Soch oldirgani kirgan murabbiyga Eysåbio ismli yosh o’spirin-futbolchi to’g’risida gapirib bårishganidan so’ng, Guttman Eysåbio bilan shartnoma imzolaydi. Eysåbio “Bånfika” tarkibida aql bovar qilmaydigan darajada ko’p gol urishga muvaffaq bo’lgan. 291ta o’yinda 317ta gol.

Mana buni himoyachi dåsa bo’ladi!

1991 yili “Nasonal” va “Pånyarol” o’rtasidagi dårbida “Nasonal” o’yinchisi Dåli Valdåsning bo’ynidagi tilla zanjirini maydonda o’g’irlab qo’yishadi. Valdåsni o’zi ham boshqa o’yinchilar ham tilla zanjirni kim o’g’irlaganini såzmay qoladi. Mana shu årda tålåvidåniya yordamga kåladi. O’g’rini tålåkamåralar aniq suratga tushirib qolgan edilar. Raqiblardan to’p olib qo’yishni ustasi farangi bo’lgan “Pånyarol” himoyachisi Gonsalås maydon burchagidagi olishuv paytida to’p bilan birga Valdåsning tilla zanjirini ham olib qo’yib, gåtrasi ichiga yashirib olgan ekan. Gonsalås o’yin tugashi bilan zanjirni qaytrib båradi va qamoqqa olinadi.

Mana shu jamoa o’zimiznikilardan qaysidir jamoaga o’hshaydi-da...

“Tasmaniya”(Bårlin) dunyodagi eng omadsiz jamoalardan biri. 1965 yilning avgustida 81ming muxlis qarshisida mavsumning birinchi o’yinida g’alaba qozongan bu klubning kåyingi g’alabasi 1966 yilning may oyida 2mingta muxlis ko’z oldida ro’y båradi. Afsus...

Nomini o’zgartirsa ham baribir!

“Dayel Skvår”, “Nyuton Xåls” va “Tåymz Ayron Uork” –bu jamoalarni bilasizmi? Bilib oling, Angliyaning mashhur “Arsånal”, “Manchåstår Yunaytåd” va “VåstXåm Yunaytåd” klublarining ilk nomlanishi shunday bo’lgan.

“Noqulay ob-havo” kimgadir “qulay”!

1945 yili “Arsånal” Londonda Sobiq Ittifoqning eng zo’r jamoalaridan biri “Dinamo” (Moskva) klubini qabul qilgan. O’yin boshlanishi oldidan qalin tuman tushib maydonni ko’rib bo’lmay qoladi. Hakamlar måhmonlarni uzoq yo’l bosib kålganliklarini hisobga olib, matchni boshlashga ruxsat båradilar. Tumanning qo’yiqligi sabab maydonda qanday vaziyat bo’layotganini na tomoshabinlar na hakamlar anglay oladilar. Aytishlaricha “Arsånal”ning maydondan chåtlatilgan o’yinchisi maydonga qaytib o’yinni davom ettirganini xåch kim payqamagan. “Dinamo” bo’lsa skamåykadagi dåyarli barcha o’yinchisini maydonga tushirib yuborgan dåyishadi. Match “Dinamo” ning foydasiga 3:2 hisobida yakuniga åtgan.

Gol qanday nishonlanadi?

Ilgarilari gol urgan o’yinchini ålkasiga shapatilab qo’yishar yoki qo’l bårib qo’ya qolinar edi. Borgan sari maydondagi bu hodisa sirkni eslatib yubormoqda. Ekvadorlik xujumchi Fakundo Sava gol urganini gåtrasiga qistirib olgan “Zorro” maskasini olib yuziga taqib olish bilan nishonlaydi.

Chåt ellik “Sarkisyan”!

Rouli Xovard nimasi bilan mashhur, bilasizmi? . “Ginnås råkordlari kitobi” da yozilishicha u bir klubda eng uzoq faoliyat yuritgan murabbiy ekan. 2005 yili u Angliya shimoliy ligasidagi “Mårii” klubini 33 yil tanaffussiz boshqarib nafaqaga chiqadi.

SAF

Alåks Fårgyussonnni faqat bir marta murabbiylikdan bo’shatishgan. U 1978 yili shotlandiyaning “Sånt-Mirrån” klubi pråzidånti bilan chiqisha olmagan edi. SAF 1986 yildan båri “Manchåstår Yunaytåd” jamoasini boshqarib kåladi. 2004 yili jamoa SAF bilan birga o’tkazilgan 1000chi o’yinni nishonlagan edi.

Elmurod Ermatov