Bolalarning qiyin savollariga javoblar
Bolalar dunyoga boshqacha nigoh bilan boqadilar. Ularning qiziquvchan nigohlaridan hech narsa qochib qutulolmaydi: ularga atrofdagi hamma narsa qiziq. Ular ba'zida shunday savollar berishadiki, bu savollarga javob berish oson bo'lmaydi.

Biz bolalarning eng ko'p beriladigan savollari va ularning javoblarini e'tiboringizga havola etamiz.

Suv nega qaynaydi?
Suv isiganda uning molekulalari harakatlana boshlaydi va buning natijasida harorat ko'tariladi. Zarrachalarning harakati tezlashadi, ularning orasidagi masofa uzayib boradi va molekulalarning bir-birini tortish kuchi etmay qoladi. Shunda ular uchib, bir-biridan uzoqlashib ketadi. Suv bug'i shu tarzda paydo bo'ladi: harorat ko'tarilganida zarrachalar harakati tezlashib, havoga ko'tariladi.

Samolyot nega qulab tushmaydi?
Masalan, "Boing-747"ning og'irligi 162 tonna va pastga qulab tushmaydi. Uning qulashiga ko'tarish kuchi imkon bermaydi: havo oqimi qanotlarni yuqoridan va pastdan siqib turadi va samolyotni yuqoriga ko'taradi. Samolyotning tezligi katta bo'lganligi sababli uning ostidagi havo zichlashadi va uni samoda ko'tarib turadi.

Qor nega oq?
Qor uchqunlari alohida holda shaffof bo'ladi va yorug'likni o'tkazadi. Lekin ular ko'payib, zichlashganida yorug'lik qorda sinadi va ular orqali aks etadi. Yorug'likning aksini biz oq rangda ko'ramiz, chunki quyosh ham biz o'ylagandek sariq emas, oq rangda.

Nega ko'k rangli soch bo'lmaydi?
Sochda ikkita bo'yovchi modda bo'lib, ular qora, jigarrang, sariq va qizil ranglarga javob beradi. Shuningdek, soch tolasida havo sharchalari ham bo'ladi. Sochning rangi ranglarning aralashishi va sharchalar miqdoriga bog'liq. Ranglar aralashmasidan ko'k va yashil rang paydo bo'lmaydi.

Koinotda nima uchun vaznsizlik bor?
Havo kemasi ichidagi kosmonovtlar koinotda tortishish kuchi yo'qligi uchun havoda suzib yurmaydilar. Tortishish kuchi koinotda ham mavjud va u orbitadagi jismlarni ushlab turadi. Vaznsizlik holati kosmonavtlar orbita halqasida muntazam ravishda soniyasiga 7,9 km tezlikda tushishgani uchun paydo bo'ladi. Agarda biz osmono'par bino liftida mana shunday tezlikda tushganimizda, lift ichida muallaq turishimiz mumkin bo'lardi.

Osmon nega moviy?
Quyosh nuri atmosferada sochilib ketadi. Oq rang sinadi va kamalakning etti rangiga tarqaladi. Ko'k rang barcha ranglarga nisbatan kuchliroq yoyilib ketadi va shuning uchun osmon moviy rangda. Ko'k rangga boshqa ranglar ham aralashgani bois osmon sof ko'k rangda bo'lmaydi.

Tuman nima?
Tuman — bu mayda suv tomchilari yoki yerdan ko'tarilib turuvchi mayda muz zarralaridir. Sovuq havo iliq yerga urilganida suv bug'i yoki muz zarralari paydo bo'ladi va bulutga aylanib yerdan ko'tariladi.

Suv nega yonmaydi?
Suv vodorodning kislorod bilan oksidlanishi natijasida issiqlik ajratib paydo bo'ladi. Suv issiqlikni berib bo'lgani bois tabiiy sharoitda yonmaydi.

Nega soat millari teskari yo'nalishda aylanmaydi?
Quyosh soatlari Shimoliy yarimsharda ixtiro qilingan bo'lib, gnomon soyasi Quyosh harakatiga mos ravishda harakatlangan. Mexanik soatlar ixtiro qilingach, siferblatdagi raqamlar joylashuvi saqlab qolingan.

G'ildirak nega aylana shaklida?
G'ildirak aylana shaklida bo'lishining sababi, tekis yo'lda yurishga qulay. G'ildirakning barcha yoylari o'qdan bir xil masofada joylashadi. Shuning uchun tekis yo'lda harakatlanganda o'q doimo bir xil balandlikda turadi va avtomobil/aravani silkitmaydi. Agarda yo'l garmon shaklida bo'lganida edi, kvadrat shaklidagi g'ildirakda harakatlanish qulayroq bo'lardi.

Manba: www.xabardor.uz