Kiyimlardagi belgilarning izohi!
Bugun sizlarning e'tiboringizga taqdim etmoqchi bo'lgan ma'lumotimiz foydali bo'lishiga ishonamiz. Chunki barchamiz kiyimlarimizga qo'shib tikiladigan tushunarsiz qog'ozga juda ko'p bora ko'zimiz tushgan. Unda berilgan suratlarning izohini hali hanuz ko'pchiligimiz bilmamiz. Bugun sizlarga bu borada ko'maklashamiz.

Belgilar izohi:
1. Qo’lda yuvish kerak
2. Qo’lda yuvish mumkin emas
3. 30 darajadan yo’qori bo’lmagan haroratda faqat qo’lda yuvish kerak, ishqalamang, siqmang..
4. Quyida ko’rsatilgan darajadan yuqori bo’lmagan issiqlikda qo’lda yoki kir yuvish moshinasida yuvilsin.
5. qo’lda yoki kir yuvish mashinasida yuvish mumkin. Ko’rsatilgan issiqlik darajasiga qat’iy amal qiling.
6. Juda nozik mato, kamroq ishqalang, tez chayqab, quritish kerak.
7. Tarkibida xlor bor oqartirgich bilan yuvish mumkin, Faqat sovuq suvda foydalanish kerak.
8.Tarkibida xlor bor oqartirgich bilan yuvish mumkin emas.
9. Dazmollash mumkin
10. 110 darajadan oshmagan haroratda dazmollash mumkin. Bu qoida sintetik tolali matolarga ham taluqli: neylon, polyester, atsetat kabilar. Bularni dazmollashda dokadan foydalanin, bug’ mumkin emas.
11. 150 darajadan oshmagan haroratda dazmollash mumkin. Junli matolar va polyester, sun’iy tolalar aralashgan matolar uchun. Nam doka bilan dazmollang.
12. 120 darajadan oshmagan haroratda dazmollash mumkin. Paxtali matolar uchun,
13. Faqat quruq tozalansin.
14. Har qanday aralashma bilan quruq tozalash.
15. Uglevodorod , monoftortrixlormitan, xlor etili bilan tozalash kerak.
16. Uglevodorod , triftortrixlormitan bilan tozalash kerak.
17. Uglevodorod , monoftortrixlormitan, xlor etiliga ozgina suv solib, tozalash kerak.
18. Uglevodorod , monoftortrixlormitan, xlor etiliga ozgina suv solib, tozalash va issiqda quritish kerak.
19. G’ijimlash va kir yuvish mashinasida quritish mumkin.
20. G’ijimlash va kir yuvish mashinasida quritish mumkin emas.
21. Iliq haroratda quritish mumkin.
22. Issiq haroratda quritish kerak.
23.Siqqandan so’ng, vertikal tarzda ilib quritish kerak.
24. Siqmasdan quritish kerak.
25. Gorizantal tarzda quritish lozim.
Belgilar rasmi
Umumiy maslahatlar:
Tabiiy ipakdan bo’lgan matoni kir mashinasida yuvishda ehtiyotkor bo’lish kerak. 30 gradusgacha bo’lgan haroratda maxsus kir yuvish vositalari bilan yuvish kerak. Oqartiruvchi vositadan foydalanmang va ivitmang.
Ipak matoni qo’l bilan yoki chyotka bilan ishqalash yaramaydi, lekin siqish mumkin.
20-25°С dan oshmagan iliq suvda ipak matoni chayish kerak. Chayish vaqtida suvga ozgina uksus qo’shilsa ipakni rangi yanada jilolashadi.
Ipak matoni quritishda uni salqinda yoki yopiq joyda quritish kerak. Ipak matolarni quyoshda yoki isitish moslamalarini oldida quritish yaramaydi.
Ipak matolarni dazmollahda uni namroq vaqti dazmollagan ma’qul. Dazmollash vaqtida mato bilan dazmollash shart emas.

Maqola maslahat.uz saytidan olingan!