Aqlli inson nimalarni biladi?
Agar siz aqlli inson bo'lsangiz, u holda:
- Hech kim bilmaydigan javobni faqat siz bilasiz.
- Javobni hamma bilsa-da, siz ulardan oldinroq aytasiz.
- Qanday qaror to'g'riligini bilasiz va tashabbusni o'z qo'lingizga olishga tayyor bo'lasiz.
- Muammoning echimini hayotiy tajribangiz orqali yaxshi bilasiz.
- Javobni bilmasangiz ham uni qanday topishni bilasiz.
- Javobning bir qisminigina bilasiz, lekin oldinga qadam tashlash uchun shuning o'zi ham etarli bo'ladi.
- Odamlar sizga ishonishlari uchun qanday yo'l tutishni bilasiz.
- Muammoni hal qilish uchun boshqalarni qanday qilib jalb etishni bilasiz.
- Muammoning mazmunini boshqalarga qanday tushuntirishni bilasiz.
- Muammoni echish uchun eng qulay vaqtni tanlay olasiz.
- Muammo sizga va boshqalarga qanday ta'sir ko'rsatishini bilasiz.

Aqlli inson nimalarni biladi?
- Aqlli inson qachon so'zlab, qachon tinglash kerakligini biladi.
- Aqlli inson agar nohaqligini anglasa, o'z fikrini o'zgartirishga qodir.
- Aqlli inson o'z yo'lidan adashmaydi.
- Aqlli inson qo'rquvni engishni biladi.
- Aqlli inson har doim o'zidan ko'ra aqlliroq inson topilishi mumkinligini biladi.
- Aqlli bo'lish – sog'lom fikrlash demakdir.

Maqola xabardor.uz saytidan olingan.