Alamli, qachonki...
Alamli – qachonki, bir ayol butun sutka davomida og‘riqdan qiynalib, endigina tug‘ilgan farzandining yig‘i ovozini eshita olmasa...

Alamli – qachonki, ko‘z o‘ngingda jajji qizchani mashina urib ketsa...

Alamli – qachonki, shuncha hayotdan noliganlar qolib, yashashni juda-juda istagan inson vafot etsa...

Alamli – qachonki, qandaydir kichik bir xato sabab butun umr nogiron bo‘lib qolsang...

Alamli – qachonki, otang yoki onangni quchoqlay olmasang. Chunki, ular endi bu dunyoda yo‘q...

Bularning oldida sizning javobsiz qolgan sevgingiz-u, ayrilig‘ingiz bir tiyin!!!

Ruschadan Bekzod Xo‘janazarov tarjimasi.