Odamlarni eng ko'p afsuslantiradigan 5 odat
Vaqt o'tgan sayin insonlar ortga boqib, tarmoqda serial tomsha qilishga sarflangan behuda soatga emas, kerakli maqsadlardan uzoqlashtirgan zararli odatlar haqida afsus chekishadi.

1. Yordam so'rashdan qo'rqish
Barcha ishni insonning yolg'iz o'zi bajarishi zo'r albatta, biroq ba'zida ortiqcha mustaqillik muammoga aylanadi. Kimdandir yordam so'ray olmay, g'ururini ustun qo'yadiganlar ishni bir o'zi bajarib, qimmatli vaqtini va asabini ketkazadi.

Juda ko'p insonlar o'z tajribasi bilan o'rtoqlashib, o'rgatishni istaydi. Agarda yordam so'rash noqulaylik tug'dirsa, unga javoban ko'mak qaytarish mumkin.

2. Yomon munosabatlarni qutqarish
Bu do'stona va sevgi munosabatlariga tegishli. Ularning toifasiga o'n yil avvalgi yoqimli xotiralar uchun bir-biriga chidab keladigan insonlar, jumladan, allaqachon muxabbati so'nib bo'lgan oilalar kiradi.

Qutqarib bo'lmaydigan munosabatlarni uch xususiyat orqali tez bilib olish mumskin: aloqa nuqtalari haqidagi xayol, yolg'izlik kasali va o'zgarishlardan qo'rqish.

Begonaga aylangan inson bilan bu kabi munosabatlarni yo'lga qo'yishga uriniish — vaqtni besamar ketkazishdir.

3. O'z kamchiliklarga e'tibor qaratish
O'z kamchiliklarini bilish juda yaxshi. Ularga haddan ziyod e'tibor qilish esa sizning o'sishingizni to'xtatib qo'yadi.

Bunga o'z ichini eyishdan tortib, o'zini omadsiz deb atash kiradi. Omadsizlar esa maqsadlariga eta olmaydi, ular o'zini shaxsiy nuqsonlari orasida bemalol his etadi.

Yaxshisi har bir kamchilikga qasqa muddatli va uzoq muddatli maqsadlar nuqtai nazaridan qarash kerak. O'zingizga uch savolni berib ko'ring:

Buni o'zgartirish mumkinmi?

O'zgartirish o'zi shartmi?

Buni qanday amalga oshirish kerak?

Ularga javob bera turib, reja tuzing va tezda harakatga kirishing.

4. Boshqalar fikri haqida haddan ziyod siqilish
Biz har bir kishiga yoqa olmasligimizni bilamiz, biroq baribir boshqalarning biz haqimizdagi fikri haqida qayg'uramiz. Barchaga yaxshi ko'rinishga harakat qilishimiz uchun juda katta kuch sarflaymiz.

O'z xususiyatlarimizni faqatgina yaqinlarimiz uchun to'g'rilasak arziydi. Albatta, bu o'zingizga ham foyda keltirsa. Bu ishni barcha uchun amalga oshirish shart emas. Biz qolganlarga nima sababdan yoqmasligimizni bilmaymiz. Bizni ko'ra olmasliklari yoki shunchaki o'zimizga bo'lgan ishonchni yo'qotishga urinishlari mumkin.

5. Hasad qilish
Hasad — individual tuyg'ular uchun eng zarari bo'lgan odatdan biri. Kerak bo'lmagan narsalar va sifatlar bilan bog'lanib, biz foydali bo'lishi mumkin bo'lgan vaqtni yo'qotib qo'yamiz.

Hasad tuyg'usida ko'plab keraksiz narsalarni reklama qilish joylashgan bo'ladi. Biz esa ularni sotib olamiz!

Hasad tuyg'usini yaxshisi yondan tinchgina kuzatish kerak. Nimani aynan o'zlashtirgingiz kelayotgani va u sizga chindan ham kerakmi - shularni tushunib etish kerak.

Agarda hasad bilan to'g'ri munosabat qilsangiz, sizning yordamchingizga aylanishi mumkin. Undan shaxsiy maqsadlaringizni to'g'ri yo'lga qo'yishda bir vosita sifatida foydalanishingiz mumkin. Biroq buning uchun hasad tuyg'usiga darhol sovuqqonlikni yoqish kerak bo'ladi.

Manba: www.xabardor.uz