Muhabbatning qudrati
Yigit kambag'al edi. Uning segan qiziga beradigan go'zal qalbi va ulkan muhabbatidan boshqa hech vaqosi yo'q edi.

Sening bir oylik maoshing mening kunlik ishlatadigan harajatimga ham yetmaydi-ku deya ochiq oydin masxaraomuz rad etildi u.

Yigit:
- Menga imkon ber, barcha istaklaringni amalga oshirish uchun kuchim boricha harakat qilaman.
Qiz:
- Mayli avval, ust-boshingni yaxshilab ol. Bu axvolingda sen bilan gaplashishga ham uyalaman.
Yigit yer bilan bitta bo'ldi.
"Men buni isbotlayman ko'rasan!" tishlari g'ijirlab ketdi yigitning. Qiz istehzoli kuldi.

Oradan yillar o'tdi. Bir kun ular savdo markazida uchrashib qolishdi. Qiz yigitni bir qarashdayoq tanidi. Nazarida yigit o'sha o'sha edi.
- Qalaysan, kimgadir nimanidir isbotlamoqchi eding? Epladingmi? Ko'rinishingdan hech bunaqaga u o'xshamaydi?
Yigit indamadi. Ammo bu safar u jilmaydi.
Shu choq ularning oldiga qizning turmush o'rtog'i kelib qoldi va ko'zi yigitga tushib, hovliqqancha:
- Yaxshimisiz, xo'jayin? Ie siz ham shu yerdan harid qilasizmi? Aytgancha, tanishing bu mening ayolim... - dedi.
Yigit u bilan samimiy salomlashgach:
- Bir-biringizga munosib ekansiz,- deya hayrlashdi.
Ko'chaga chiqishganda er:
- Mana shu odamning qo'lida ishlaymanda. Juda oddiy, kamtar yigit. Ko'rding- ku, ko'rinishidan unaqa ko'p pul topadiganga o'xshamaydi.
Ayol tilini tishlab ketardi...

Manba: Hikoya boti
waplog