Shashlik
Anchadan beri oilaviy shashlik yeyilmadi.

Oila katta. Shashlik qilish uchun 4-5 kilocha go'sht kerak. Shashlik yeyish uchun sabablar ko'p bo'ldi-yu, lekin tashabbus hech kimdan chiqmadi.

Otaning bugun shashlik yegisi keldi. Do'stlari bilan o'tirganida uchta six shashlikni urib, nafsini qondirdi.

O'g'il stipendiya olgan. O'qishdan kelayotganida yo'lning narigi betidagi ovqatlaniladigan joyda buxorolik bola boplab pishiradigan shashlikdan To'rttasini nonga o'rab, uyga olib keldi. Hamma ishda, o'qishdaligida tezda yeb bitirdi. Noni ham qolmadi.

Xotin ishlaydi. Homilador. Shashlik yegisi kelib, dugonalari bilan restoranga kirdi. Ikkita six buyurtirdi. Bittasiga to'ydi. Bittasi qolib ketdi.

Oilaning boshqa a'zolari ham kim bilsin qaysidir kafe yo restoranda shashlik zakaz qilayotgandir.

Hamma shashlik yeb nafsini qondirdi. Lekin, oilaviy shashlik baribir yeyilmay qolib ketdi.

Manba: www.sanjarrizayev.uz
waplog