Yaxshi odamlar
Ertalab uydan chiqib, ishga ketayotgandim. Zinadan tushayayotsam, birinchi qavatdagi e’longa ko‘zim tushib qoldi:

“Qadrli qo‘shnilar! Bugun taxminan 9:20 larda chiqish eshigi oldida 120 rubl yo‘qotib qo‘yildi. Topib olgan bo‘lsangiz, iltimos, 76-xonadonga olib chiqib bering. Nafqaam 2640 rubl.”

Cho‘ntagimdan 120 rubl oldim va kampirning uyi tomon yurdim. Eshik qo‘ng‘irog‘ini bosdim, eshikni fartuk taqqan kampir ochdi va qo‘limdagi pulni ko‘rib, uni qaytardi. Ko‘ziga quvonch yoshlarini olib:

—Biz ovqatlangani chiqqandik, keyin kelib, eshik oldidagi gilam ostidan kalitni olmoqchi bo‘lsak, u yerda pul ham turibdi. Bizga odamlar baribir yo‘qolgan pulni olib kelaverishdi. Siz mening pulimni “topgan” oltinchi kishisiz” — dedi.

Manba: www.voqea.uz
waplog