Yulduzlar haqida
O'zbekiston xalq artisti, san'atkor Yoqub Axmedovning kenja qizi Sitora Ahmedova 1992-yil 17-fevral kuni Toshkent shahrida dunyoga keldi. U 2 yoshidanoq "Tomosha" bolalar raqs dastasiga, so'ng 7 yoshidan Yunusobod tumanidagi 13-sonli musiqa maktabining skripka va fortepiano bo'limini tugatdi. Maktabdan so'ng Sitora Toshkent Davlat Jahon tillari Universitetiga o'qishga kiradi. Xonandaning ilk va xit taronalari "Votti-votti", "Zor etay" qo'shiqlaridir. Hozirgi kungacha Sitora Ahmedova 25 dan ortiq qo'shiqlarini hamda "Sevgi bu xayot" va "Sensizlik bu mensizlikmasmu" albomlarini muhlislar e'tiboriga havola etdi.