Yulduzlar haqida
Shahrizoda Ahrorxo'jayeva 1988-yil 21-yanvar kuni Toshkent shahrida tavallud topdi. Bog'cha davridayoq 4 yoshidan boshlab qo'shiq kuylab hammani lol qoldirib yurardi. Chunki u kichkina bo'lishiga qaramasdan ingliz xonandalari Uitni Xyuston va Merian Keri qo'shiqlarini ingliz tilida bemalol kuylardi. Maktab yoshiga yetganda esa Shayxontohur tumanidagi fizika va matematika faniga ixtisoslashgan 180-maktabga bordi. Maktab bilan bir vaqtning o'zida 7-musiqa maktabining fortepiyano bo'limini a'lo baholarga tamomladi. Maktabni tamomlagandan so'ng esa 2008-yil Respublika Davlat Konservatoriyasining "Estrada xonandalik" fakultetiga o'qishga kiradi. Ilk ijodini ham 2008-yil "Safar" guruhida "Yasharsan" qo'shig'i bilan boshlaydi. "Safar" guruhi solisti bo'lgan Shahrizoda esa o'z vaqtida O'zbekistonda birinchi ayol pop rok qo'shiqchi nomini oldi. 2010-yildan xonanda o'z uslubini o'zgartiradi. U klub-xaus uslubida qo'shiq kuylaydi. Uning bu uslubdagi birinchi qo'shig'i "Men uchun" qo'shig'i bo'lgan, hamda ushbu tarona xit darajasiga yetdi. Xozirgi kungacha Shahirizodaning 10ga yaqin qo'shiqlari, uchta klipi o'z muhlislariga ega bo'lgan.