Yulduzlar haqida
Ravshan Komilov 1964-yil 26-oktabr kuni Toshkent shahrida tavallud topdi. Bolalikdan u qo'shiq aytishga qiziqib 4-sinfdan qashqar rubobida qo'shiq kuylab ham yurgan. Xonanda musiqa maktabi, undan so'ng esa Madaniyat texnikumini bitiradi. Musiqa va madaniyat sirlarini a'lo baholarga o'zlashtirgan Ravshan Komilov Pedagogika oliygohining musiqa fakultetini tamomlaydi. Ilk ijodini u 1987-yilda Toshkent Davlat Universitetining sahnalarida, tadbirlarda boshlaydi. Xonandaning "Odam bo'laylik", "Qarab qo'y", "Tango", "Yurishlaring yoqadi", "Ozodani sevaman" va M.Asalxo'jaeva bilan birgalikda duet shaklida kuylagan "Xech kim bilmasin" qo'shiqlari muhlislar tomonidan a'lo baholanib xit qo'shiqlar qatorinidan joy olgan. Xozirgi kungacha xonandaning 200dan ortiq qo'shiqlari 30ta klipi va 10ta albomi bor. Albomlari "Odam bo'laylik", "Erka qiz", "Ozoda", "Sevib qoldim", "Odamlar", "Dunyo" deb nomlanadi. Ravshan Komilov bir qator filmlarda ham suratga tushgan. Bular, rejissyor Lutfulla Sa'diyevning O'zbekiston telekanali orqali namoyish etilgan "Singilginam" milly teleserialida, "Otaga tik boqma", Rustam Sa'diyevning "SMS" filmlarida suratga tushgan. Ravshan Komilov 1991-yilda "Kamolot" ko'rik-tanlovi g'olibi, 1994-yilda "Ulug'bek" mukofoti laureati, 2000-yilda esa O'zbekistonda hizmat ko'rsatgan artist unvonlariga sazovor bo'ldi. U O'zbekiston Respublikadi hududlari bo'yicha gastrol konsertlarini namoyish etib keladi. Bundan tashqari Davlat tadbirlarida doimo istirok etib kelmoqda. Uning san'atini nafaqat O'’zbekistonda balki qardosh respublikalarda, chet el davlatlari Rossiya, Germaniyada ham juda sevishadi.