Yulduzlar haqida
TVM kanalining "M-Files" dasturi boshlovchisi Oyxon Iforzoda 1989-yil 23-mart kuni Toshkent shahrida tavallud topdi. 4 yoshidan O'zbekiston teleradiokompaniyasi qoshidagi "Bulbulcha" ashula va raqs dastasi ishtirokchisi bo'lgan jajji qizaloq 9 yoshidan O'zbekiston teleradiokompaniyasi orqali efirga uzatiladigan "Oltin toj" ko'rsatuvi boshlovchisi ham bo'lgan. O'zining iste'dodidan kelib chiqqan xonanda maktabdan so'ng Xamza nomidagi O'zbekiston Davlat musiqa kollejini bitiradi. Kollejdan so'ng O'zbekiston Davlat konservatoriyasining "Estrada honandalik" fakultetini tamomlaydi. Shu bilan birga TV-Markazning eng jozibali va maftunkor xodimi, "M-Files" dasturi boshlovchisi hamdir. Hozorda xonandaning 10 dan ortiq qo'shiqlari bor. Oyxon Iforzodaning xit qo'shig'i bu "Hayajonim"dir.