Yulduzlar haqida
Nigora Soim tug'ilgan kunlarini sir tutgan bo'lsalarda 22-yanvar kuni Dalv burji ostida Toshkent shahrida san'atkorlar oilasida tavallud topgan. Nigoraning bobolari Umarjon Xamidov-birinchi afg'on rubobchisi, buvisi–Roxatoy Mannonova qo'shiqchi va opasi Nilufar Xamodova aktrisadir. Nigora Soim maktabdan so'ng O'zbekiston Davlat Konservatoriyasining estrada xonandalik fakultetini tamomladi. Xonanda 30dan ortiq qo'shiq, 10 ta klip va "Nigorim" nomli albomini o'z muhlislariga havola etgan. "Dilozorim" qo'shig'i esa xit taronaga aylangan.