Yulduzlar haqida
Mirodil Hakimov 1971-yil 1-iyul kuni Andijon shahrida tavallud topdi. Musiqaga qiziqishi cheksiz xonanda bolaligidan musiqa maktabiga boradi. Maktabda musiqa sirlarini o'rganib, so'ng Andijon san'at bilim yurtiga o'qishga kiradi. Bilim yurtni a'lo baholarga bitirib, so'ng O'zbekiston Davlat Konservatoriyasini tamomlaydi. Xonandaning hozirgi kunga qadar 150ga yaqin qo'shiqlari, 20dan ortiq kliplari va "Dunyo", "Turnalar", "Qaramaysiz" nomli albomlari bor. Mirodil Xakimovning 1996-yildagi "Muhammad Rasulluloh", 1998-yildagi "Uylanamiz", 2001-yilda Dlnoza Isniyaminova bilan birgalikda aytilgan "Qaramaysiz" duetlari xit darajasiga yetgan. 2003-yilda u "Zamin" mukofotiga sazovor ham bo'lgan, hamda Ergash Mo'minovning "Oq qush", "Sadoqat" filmlarida suratga tushgan.