Yulduzlar haqida
Jahongir Otajonov 1978-yil 29-sentabrda Xorazmda san-atkorlar oilasida tavallud topdi. Amakilari Ortiq Otjonovdan musiqa sirlarini o'rgangan xonanda 1-sinfidan poytaxtdagi Glier nomidagi musiqa maktabiga o'qishga boradi. Maktabdan so'ng esa O'zbekiston Davlat konservatoriyasini bitirdi. Jahongir Otajonov "Arazlamang", "Oq kabutarlar" va "Dog'man" xit taronalari bilan o'z muhlislariga ega bo'lgan. Xozirda xonandaning 100 ga yaqin qo'shiqlari, 25 dan ortiq musiqiy kliplari va 3 ta albomi bor. Albomlar: "Jonim", "O'zbekiston sening o'g'lingman" va "Sog'indim".