Yulduzlar haqida
Fayoz guruhi 2007-yilda tashkil etildi. Ularning asoschilari Oybek va Sheralidir. Mirzayev Oybek bahor faslining 15-mart kuni baliq burji ostida tavallud topdi. Avval u maktabni bitirdi, so'ng Toshkent bank kollejini va Toshkent Davlat Iqtisodiyot Universitetiga o'qishga kiradi. Karayev Sherali ham maktabni tamomlagandan so'ng Oybek bilan Toshkent bank kollejini va u ham do'stidan ajralmasdan Toshkent Davlat Iqtisodiyot Universitetiga o'qishga kiradi. Do'stlar o'qish vaqtida barcha tadbirlarda faol qatnashib yuradilar. Guruxning xit taronasi "Soyabon" qo'shig'i bo'lgan. So'ng ular "Meni tanla", "Yolvoraman", "Xayot bu sen" degan qo'shiqlarini yaratadilar. "Fayoz" guruhining xozircha 15dan ortiq qo'shiqlarini, 6 klip va "Meni tanla" deb nomlangan albomlarini o'z muxlislariga taqdim etdilar.