Yulduzlar haqida
Eldorbek Yuldashev 1985-yil 28-noyabr kuni Buxoroi sharifda tavallud topdi. Bolalikdan juda ham san'atga qiziqqan, shuning uchun ham maktab bilan birga Muxtor Ashrafiy nomidagi musiqa maktabining fortepiyano va rubob yo'nalishi bo'yicha tahsil oldi. Maktabni tamomlagandan so'ng Eldorbek Buxorodagi Muxtor Ashrafiy nomidagi musiqa bilim yurtining fortepiyano bo'limida tahsil oldi. Xonanda maktab va bilim yurtlarida o'tkaziladigan barcha tadbirlarda qo'shiq kuylab o'qituvchi va o'quvchilarnig olqishiga sazovor bo'ladi. Bilim yurtini tamomlagandan so'ng 2005-yil O'zbekiston Davlat Konservatoriyasining "Ovoz rejissyorligi" fakultetiga o'qishga kiradi. Ilk ijodini xonanda 2009-yilda "Endi faqat" qo'shig'i bilan boshladi. Ushbu qo'shiq TOP 10 likda ancha vaqtgacha 1-o'rinni egallab turdi, hamda bu qo'shiq xonandaning xit taronasiga aylandi. Keyingi xit taronalari esa "Qismatim mening", rusiy zabonda ijro etilgan "Zaberi" ("Olib ket") qo'shiqlari bo'ldi. Xozirgi vaqtgacha Eldorbek 20ga yaqin qo'shiqlarini va 3ta kliplarini o'z muhlislariga havola etdi. 2012-yil boshidan Eldorbek Azeez aka bilan birgalikda Du Tor guruhini tashkil qildi.