Yulduzlar haqida
Dilfuza Ismoilova 1968-yil 17-fevral kuni Toshkent shahrida tavallud topdi. U A.Ikromov tumanidagi 116-maktabda o'qigan. Maktabda o'qib yurgan vaqtlaridayam Dilfuza juda ham faol o'quvchi bo'lgan. Darslardan tashqari drama to'garaklariga ham qatnashgan. Maktab tadbirlarida sinfdoshlarini yig'ib sahna ko'rinishlarida rollar ijro etib yurgan. Maktabdan so'ng san'at yo'lini tanlagan san'atkor 1985-1990 yillarda M.Uyg'ur nomidagi San'at institutining "Kino va drama" fakultetini tamomlaydi. 1990-yildan A.Xidoyatov nomidagi teatrda ishlaydi. So'ng turmushga chiqadi. Bir oz tanaffusdan so'ng Dilfuza Ismoilova "Yoshlar" telekanalida namoyish etiladigan, rejissyor To'xtamurod Mahkamovning "Gap yoq" loyihasining "Maslahat" ko'rsatuvining bosh va xalqning sevimli aktrisasiga aylanadi. U har xil obrazdagi rollarni juda ham maromiga yetkazib ijro etadi. Dilfuza tezda xalq nazariga tushdi va uni taniqli rejissyorlar kinofilmlarga taklif etishadi. Murod Rajabov rejissyorlik qilgan "Ulfatlar", rejissyor Rustam Sa'dievning "Oshiqlar" va rejissyor Xusniddin Ergashevning "Seni izlab" filmlarida bosh rollarni juda ham qoyilmaqom qilib ijro etgan. Yoshligida qo'shiq kuylashga qiziqqan Dilfuza 2001-yildan o'z ijod yo'nalishini o'zgartirib, qo'shiq kuylashni boshlaydi. Uning ilk qoshiqlari "Bevafo", "Toshkentning sho'x qizlari" deb nomlanadi. Xozirgi kungacha xonandaning 300ga yaqin qo'shiqlari, 30dan ortiq kliplari, 6ta MP3 albomlari va 4ta klip to'plamlari bor. Dilfuza Ismoilova bir qator konsert dasturlarini o'z muhlislariga havola etgan. Bular: 2003-yilda "Turkiston" saroyida "Toshkentning sho'x qizlari", 2004-yil xotin-qizlar bayrami oldidan 6-7-8 mart kunlari va shu yili yangi yil arafasida "Alpomish" saroyida "Dilfuz-shou" konsert dasturlarini muhlislar e'tiboriga havola etdi. Xozirda Dilfuza Ismoilova "Gap yo'q" loyihasini qaytadan tiklamoqda va tez kunlarda ana shu sho'x va quvnoq jamoani birlashtirish harakatida.