Yulduzlar haqida
Davurov Davron Normurodovich. Millati o'zbek, 22-yanvar kuni qovg'a burji ostida tavallud topgan. Tahallusi Shanson. 1980-yilda V.A. Uspenskiy nomidagi maxsus musiqa maktabiga zarbli asboblar yo'nalishi bo'yicha o'qishga kiradi. Aynan shu yerda uning ilk musiqiy imkoniyatlari ko'zga tashlandi. Aslida Davron yoshligidan qo'shiq ijro etishga juda qiziqar edi. Milliy musiqa asbobi doira chalar va taniqli muallif hamda ijrochilarning qo'shiqlarini o'rganar edi. Maktab davrlarida xor ansamblining yakkaxoni bo'lgan. 1988-yilda Respublika tanlovida ishtirok etib, laureat bo'lgan. 1989-yilda damli cholg'ular orkestrining yakkaxoni bo'lgan, Chexiyada "Astrava-89" Xalqaro festivalida ham ishtirok etib, Gran Pri sohibi bo'lgan. 1991-yilda M.Ashrafiy nomidagi Toshkent Davlat Konservatoriyasiga o'qishga kirdi. 1996-yilda a'lo baholar bilan Davlat Konservatoriyasini yakunladi. «Yangi taronalar» estrada xonandalari Respublika tanlovida 2000-yilda laureat bo'ldi. Shanson – bu mashhur musiqiy yo'nalishlaridan biri bo'lib, bard, romans va erkin yo'nalishdagi mavzuni o'z ichiga oladi. U aynan mazkur musiqiy yo'nalishni o'z ijodiy faoliyati uchun tanladi. Davron Shanson shu yo'nalishda O'zbekistonda ijod qiluvchi taniqli xonandalardan biri hisoblanadi. 2006-yildan boshlab Davron «Tarona Records» kompaniyasi bilan hamkorlikni boshlagan. Davron Shanson o'zining ijodiy faoliyati davomida 5ta musiqiy albom chiqargan. Birinchi albom 2005-yilda «Samolyot Baku-Moskva» nomi ostida «Girey Records» studiyasida chiqarilgan. 2006-yilda «Men siz uchun kuylayman» (« ») nomli ikkinchi albomi sotuvga chiqqan. Uchinchi albom «Mersedes» 2007-yilda «Tarona Records» studiyasi tomonidan chiqarilgan. Hayot juda ham go'zal! Darhaqiqat «Hayot juda ham go'zal!» (« !»). Aynan mana shu nom bilan Davronning to'rtinchi albomi chiqarildi. 2010-yilda «Tarona Records» studiyasi tomonidan navbatdagi, beshinchi albom ham «Hayotdagi qo'shiqlar» (« ») deb nomlanib chiqarildi. Davronning qo'shiqlari tinglovchilarga quvonch, rohat va yengil tin olish imkoniyatini beradi.