Yulduzlar haqida
Bayram guruhi 1994-yilda tashkil topdi.
Bu guruh solisti Akmal Mamedov 1971-yil Toshkent shahrida tavallud topdi. U poytaxtdagi 62-maktab bilan bir vaqtning o'zida 9-musiqa maktabining qo'shnay asbobi bo'yicha tahsil oldi. Bolalik vaqtlarida 4 yil "G'uncha" bolalar ansambliga ham borgan. Maktabdan so'ng xonanda ijoddan va bilim olishdan to'xtamay Xamza nomidagi musiqa bilim yurtining o'zbek xalq cholg'u bo'limida qo'shnay asbobi bo'yicha tahsil olishni davom ettiradi. 1990-yilda esa Akmal Mamedov O'zbekiston Davlat Konservatoriyasining O'zbek xalq cholg'u bo'limida tahsil oldi.
1994-yilda Bayram guruhi tashkil etiladi, hamda aynan shu xonanda Bayram guruhi solisti bo'ladi. Bayram guruhining ilk albomlari ham 1994-yilda "Jamila" hamda "Bom-bom" nomi bilan muhlislar e'tiboriga havola etilgan. Bu albomda dunyoning bir qancha tillarida ijro etilgan qo'shiqlar bor. Bu qo'shiqlarning kliplari Davlat kanallaida ham namoyish etilib, muvafaqqiyat qozongan. Mashhurlikni qo'lga kiritgan Bayram guruhi bir qancha chet va MDH davlatlarida, Belgiya, Fransiya, Moskva, Qozog'iston, Qirg'iziston, Tojikiston va Qoraqalpog'iston Respublikalarida o'z gastrol konsertlarini ko'tarinki ruhda namoyish etgan. Bundan tashqari Bayram guruhi Mustaqillik hamda Navro'z Davlat bayram va tadbirlarida, harbiy qismlarda, mehribonlik uyilarida esa hayriya konsert dasturlari bilan ishtirok etib keladi. Guruh ko'pgina shoir va kompozitorlar M.Rasulova, T.Kuliyev, R.Sharipov, E.Vohidov, I.Jiyanov, Oybek, M.Rasulovalar bilan ijod qiladi. Ular bilan birgalikda 40ga yaqin videokliplar ham suratga olgan. Bayram guruhining 19ta albomi o'z muhlislariga havola etilgan. Bular:
1994-yil – "Jamila"
1995-yil – "Bom-bom"
1996-yil – "Ko'zlaring yashirma"
1997-yil – "Dilbarim"
1998-yil – "Jamalak soch"
1999-yil – "Yumalab"
2000-yil – "O'zbek qizlari"
2001-yil – "Farzandlarim onasi"
2003-yil – "Laylo"
2005-yil – "Yonimda qol"
2006-yil – "You"
2007-yil – "Mishel"
2008-yil – "Neobiknovennie slova"
2009-yil – "Yomg'ir"
2011-yil – "Lakatum"
Bayram guruhi bir qancha marotaba Tarona Rekords kompaniyasi tomonidan "Yilning eng yaxshi qo'shig'i", "Yilning eng yaxshi guruhi", "Yilning eng yaxshi klipi", hamda "Yilning eng yaxshi qo'shig'i" nominatsiyalarida, 2000-yildan to 2006-yilgacha Tarona Rekords va Terra Group kompaniyalari tomonidan taqdirlanganlar.