Yulduzlar haqida
Aida 1979-yil 22-avgust kuni Toshkent viloyatining Yangiyo'l shahrida tavallud topdi. U 1-5 sinfgacha Lomonosov nomli musiqa maktabining skripka bo'limida o'qigan. Shu bilan birga "Bulbulcha" raqs va ashula dastasiga, 5-sinfda o'qib yurgan kezlarida esa xoreografiya bilim yurtida milliy raqs yo'nalishi bo'yicha tahsil oldi. Hozirda Plexanov nomidagi Iqtisodiyot universitetining "Biznes va ma'muriy ishlar" fakultetida tahsil oladi. U ilk ijodini 2002-yildan "Aida" qo'shig'i bilan boshladi. Ushbu qo'shiq Aida uchun katta muvaffaqiyat olib keldi. Xattoki, Aida "Baxt uchun million" filmida ham suratga tushgan va bu qo'shig'ini shu filmda ham ijro etgan. Keyingi qo'shiqlari esa "Baxtingman", "Sevib o'tsam ham", "Faqat seni", "Bir kun senga yetaman" "Bilaman" qo'shiqlari va Jahongir.Uz bilan kuylashgan "Hayot" dueti xonandaning xit qo'shiqlariga aylandi. Xozirgi kungacha Aida 15ga yaqin qo'shiqlarini o'z muhlislariga taqdim eta oldi. Uzoq tanaffusdan so'ng Aida yana ijodga sho'ng'idi.